Timur Kapadze Qozoğiston terma jamoasiga nomzod sifatida tilga olindi
Ekspert Kapadzening futbolçilik davridayoq öyinni çuqur tuşunişi va murabbiylikka xos fazilatlari bilan ajralib turganini ta’kidlagan.
Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Timur Kapadze Qozoğiston terma jamoasini boşqarişi mumkin bölgan mutaxassislar qatorida tilga olindi. Bu haqda Sports24.kz xabar berdi.
Sports.kz YouTube kanalidagi podkastda qozoğistonlik sport şarhlovçisi Timur Aytmuhambetov Kapadzening Özbekiston terma jamoasidagi natijalari va hujumkor öyin uslubini şakllantiriş qobiliyatini yuqori baholagan.
Ekspert Kapadzening futbolçilik davridayoq öyinni çuqur tuşunişi va murabbiylikka xos fazilatlari bilan ajralib turganini ta’kidlagan. Uning nomzodi ekspert tomonidan ilgari surilgan, federatsiyaning rasmiy taklifi haqida ma’lumot berilmagan.
Xabarga köra, Qozoğiston futbol federatsiyasi Jon van’t Sxip bilan şartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Niderlandiyalik mutaxassis boşçiligida jamoa Millatlar ligasida birorta ğalaba qozonmay, guruhda törtinçi örinni egallagan.
Boş murabbiylikka ehtimoliy nomzodlar sifatida Rafael Urazbaxtin, Andrey Karpoviç va Andrey Martin ham tilga olingan.
Timur Kapadze Özbekiston milliy terma jamoasini tarixda ilk bor jahon çempionatining final bosqiçiga olib çiqqan. Şuningdek, u Özbekiston olimpiya terma jamoasini Parij Olimpiadasida boşqargan.
Mutaxassis Qozoğiston futboli bilan ham taniş: u 2012–2014-yillarda «Aqtöbe» safida 69 ta uçraşuvda qatnaşib, 10 ta gol urgan.