Özbekiston amputantlar terma jamoasi Germaniyani yenğdi, navbatdagi raqib — Iroq
Beş karra jahon çempioni hisoblangan Özbekiston "E" guruhida AQŞ, Urugvay va Marokaş bilan bahs olib bordi.
Meksikada davom etayotgan amputantlar futboli böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi dastlabki ğalabasini qölga kiritdi. Hamyurtlarimiz 17–24-örinlar uçun ötkazilayotgan bahslar çorak finalida Germaniyadan ustun keldi.
13–22-noyabr kunlari Meksikaning San-Xuan-de-los-Lagos şahrida tashkil etilayotgan mundialda 24 ta terma jamoa iştirök etişi rejalashtirilgan.
Beş karra jahon çempioni hisoblangan Özbekiston "E" guruhida AQŞ, Urugvay va Marokaş bilan bahs olib bordi. Dastlabki uçraşuvda AQŞga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan futbolçilarimiz keyingi ikki turda Urugvayga 0:1, Marokaşga esa 0:2 hisobida yutqazdi.
Natijada Özbekiston uç öyinda birorta ham oçko jamğara olmadi. Jamoa raqiblar darvozasiga bitta gol urib, öz darvozasidan beşta töp ötkazdi va guruhda törtinçi örinni egalladi.
"E" guruhida Marokaş 9 oçko bilan birinçi, AQŞ 6 oçko bilan ikkinçi, Urugvay esa 3 oçko bilan uçinçi örinni band etdi.
Guruh bosqiçidan öta olmagan Özbekiston mundialdagi iştirökini 17–24-örinlar uçun ötkazilayotgan tasalli turnirida davom ettirdi.
Mazkur bosqiçning çorak finalida Germaniya bilan röbarö kelgan hamyurtlarimiz asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Penaltilar seriyasida esa Özbekiston 3:2 hisobida ğalaba qozonib, 17–20-örinlar uçun yarim finalga yöllanma oldi.
Endilikda Özbekiston terma jamoasi 20-noyabr kuni Iroqqa qarşi maydonga tuşadi. Iroq çorak finalda turnirda iştirök etmagan Eron ustidan 3:0 hisobida texnik ğalaba qozongan.
Yarim finalda ğalaba qozongan jamoa 22-noyabr kuni 17-örin uçun, mağlub bölgan jamoa esa 19-örin uçun ötkaziladigan bahsda iştirök etadi. Şu tariqa, Özbekiston mundialdagi sönggi uçraşuvini 22-noyabr kuni ötkazadi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston amputantlar terma jamoasi 1990, 1991, 2007, 2010 va 2012-yillarda jahon çempioni bölgan. Jamoamiz 2022-yilda Turkiyada ötkazilgan mundialda bronza medalini qölga kiritgan edi.