Özbekiston U-17 terma jamoasi Jahon çempionatini mağlubiyat bilan boşladi
"E" guruhidan joy olgan hamyurtlarimiz dastlabki turda Kot-dʼIvuar terma jamoasiga qarşi maydonga tuşib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qatarda ötkazilayotgan 17 yoshgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi öz iştirökini mağlubiyat bilan boşladi.
"E" guruhidan joy olgan hamyurtlarimiz dastlabki turda Kot-dʼIvuar terma jamoasiga qarşi maydonga tuşib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Uçraşuvning 7-daqiqasida Yao hisobni oçib, afrikaliklarni oldinga olib çiqdi. Birinçi bölim mehmonlarning minimal ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinçi bölim boşlanişidan köp ötmay, 50-daqiqada Hakimov hisobni tenglaştirdi. Biroq 89-daqiqada Diarrasouba tomonidan kiritilgan gol Kot-dʼIvuarga ğalaba keltirdi.
Guruhning yana bir uçraşuvida Italiya terma jamoasi Yamaykani 6:0 hisobida tor-mor etdi.
Şu tariqa, dastlabki turdan söng Italiya va Kot-dʼIvuar 3 oçkodan jamğardi. Özbekiston hamda Yamayka esa hozirça oçko qölga kirita olmadi.