Suvsiz qolgan sardoba: tarixiy obida taqdiri kimni öylantirmoqda?
Qadimiy obidalar – ötmişdan qolgan oddiy inşootlar emas. Ular xalqning tarixi, turmuş tarzi, bunyodkorlik salohiyati va ajdodlar tafakkuridan sözlaydigan noyob merosdir. Şu bois ularni asrab-avaylaş, kelgusi avlodlarga bezavol yetkaziş nafaqat tegişli taşkilotlar, balki barçamizning burçimizdir. Biroq Qaşqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi tarixiy sardobaning bugungi holati ana şu masʼuliyat haqida jiddiy öylaşga undaydi. Mahalliy aholi murojaatiga köra, bir vaqtlar suvga töla bölgan qadimiy inşoot ikki yildan buyon suvsiz. Tubi çiqindilarga tölgan, atrofini esa begona ötlar qoplagan. Eng muhimi, oqsoqollar suvsizlik oqibatida tarixiy obidaning devorlari yemirilib ketişidan xavotirda.
Murojaatni örganiş maqsadida Kasbi mahallasiga bordik.
Kasbi mahallasi uzoq tarixga ega hududlardan biri. Bu yerda qadimiy Kasbi qörğoni, Sulton Mir Haydar ota ziyoratgohi va uning yaqinida bir neçta sardoba joylaşgan.
Sardoba – suv tanqis bölgan çöl va sahro hududlarida yomğir, qor hamda boşqa manbalardan keladigan suvni töplaş va yil davomida salqin holda saqlaş uçun qurilgan gumbazli gidrotexnik inşoot. Forsça «sard» – sovuq, «ob» – suv sözlaridan kelib çiqqan uşbu atama ham uning asosiy vazifasini ifodalaydi.
Tarixiy maʼlumotlarga köra, bu hududdan qadimda Buyuk ipak yölining tarmoqlaridan biri ötgan. Savdo karvonlari harakati tufayli bu yerda qörğon, karvonsaroylar va bozorlar şakllangan. Suv tanqis şaroitda esa sardobalar karvonlar hamda mahalliy aholi uçun muhim suv manbai vazifasini bajargan.
Bugun esa öşa inşootlardan biri suvsiz, qarovsiz holatda turibdi.
Sardobaning tubiga nazar taşlasangiz, suv örnini maişiy çiqindilar egallaganini körasiz. Atrofidagi begona ötlar ham inşootga yetarliça eʼtibor qaratilmayotganidan darak beradi. Holbuki, yaqin atrofdagi Sulton Mir Haydar ota ziyoratgohiga keluvçilar oz emas.
Mahalliy aholi vakillaridan biri Farmon Arabov bilan suhbatlaşdik. Uning aytişiça, sardobaning suvi ikki yildan buyon qurib qolgan. Bu esa uning kelajagi haqidagi xavotirlarni kuçaytirmoqda.
[gallery-32738]
– Eskidan bu yerda Buyuk ipak yölining bir tarmoği sifatida savdo yöli ötgan. Natijada Kasbi qörğoni, karvonsaroylar qurilgan. Lekin suv tanqis bölgan. Suv saqlaş maqsadida mana şunday sardobalar bunyod etilgan. Qaçon qurilganini biz ham aniq bilmaymiz. Yaqinda Misrdan şunga öxşaş tarixiy obidalarni örganib yuradigan bir olim yigit keldi. U ğiştlarini tahlil qilib, sardoba Qoraxoniylar davrida qurilgan bölişi mumkinligini aytdi. Ota-bobolarimiz esa Abdullaxon II davrida bunyod etilganini aytib kelişadi, – deydi Farmon Arabov.
Suhbatdoşimizning taʼkidlaşiça, ilgari sardobadagi suvni nasoslar yordamida çiqarişga ham urinişgan. Ammo buning uddasidan çiqiş qiyin bölgan. Hozir esa vaziyat butunlay özgargan.
– Tabiatda özgarişlar böldimi yoki yer osti suvlari sathi tuşib ketdimi, bilmaymiz. Qişloğimiz atrofidagi zovurlarda ham suv qolmadi. Sardobaning suvi ham ikki yildan buyon qurib yotibdi. Eng yomoni, suvsiz tursa, sardobaning devorlari nuraydi, ğiştlari uvalanib ketadi. Xavotirimiz şundan. Sunʼiy ravişda bölsa ham suv taşlab turiş kerak, deb hisoblaymiz. Şunda bu tarixiy inşootni kelajak avlodga yetkaziş mumkin böladi. Bu haqdagi murojaatlarimiz hozirça yeçimini topgani yöq, – deydi u.
Darhaqiqat, bu yerda bir neça savol tuğiladi: sardoba nima sababdan suvsiz qoldi? Uning suv töplaş tizimi nima uçun işlamay qöydi? Eng muhimi, tarixiy inşootni saqlab qoliş uçun qanday çoralar körilişi kerak?
Masala yuzasidan Kasbi mahallasi raisi Abduğaffor Eldorov bilan ham suhbatlaşdik. Uning aytişiça, 2027-yilda mahalla infratuzilmasini yaxşilaş böyiça davlat dasturi doirasida 7 milliard söm mablağ ajratilişi rejalaştirilgan. Uşbu loyiha doirasida ziyoratgoh va sardobalarni ham taʼmirlaş, hududni obodonlaştiriş közda tutilgan.
– 2027-yil davlat dasturi böyiça mahallamiz infratuzilmasini yaxşilaş dasturiga kiritilyapti. Uşbu işlar uçun 7 milliard söm ajratilişi rejalaştirilgan. Mana şu işlar doirasida ziyoratgoh va sardobalar ham qayta taʼmirlanib, hudud obod maskanga aylantiriladi. Artezian quduği ham qazilib, suv çiqariş rejalaştirilgan. Hozir loyiha tayyorlanyapti. Nasib qilsa, tasdiqlanib, işlar boşlanadi, – deydi Abduğaffor Eldorov.
Biroq mahalla raisi bilan suhbatda yana bir masalaga oydinlik kiritişga harakat qildik. Sardoba atrofini haşar yöli bilan tozalaş, çiqindilarni olib çiqiş, begona ötlardan xalos etiş uçun ham katta mablağ talab etilmaydi. Nega bu işlar hozirgaça amalga oşirilmagan?
Raisning izohlaşiça, hudud mahalla tasarrufida bölsa-da, tarixiy obidalar Madaniy meros agentligi nazoratida. Şu bois ularni taʼmirlaş yoki obida hududiga aralaşiş uçun tegişli ruxsat oliş talab etiladi. Mahalla tomonidan hududga qaraş uçun masʼul ham biriktirilgan.
Şu örinda savol tuğiladi: tarixiy obidaga zarar yetkazmaslik talabi uning atrofini tozalaş, çiqindilardan xalos etiş va saqlaş çoralarini körişga ham tösqinlik qilişi kerakmi? Aslida, bunday masalalarda mahalla va madaniy meros idoralari hamkorligi yölga qöyilişi lozim emasmi?
Sardobaning bugungi holati, suvsiz qoliş sabablari va uni saqlab qoliş imkoniyatlari yuzasidan viloyat Madaniy meros boşqarmasi rahbari Obidjon Hamidov bilan ham boğlandik.
Uning maʼlum qilişiça, mazkur sardoba 2018-yilda Sulton Mir Haydar ota ziyoratgohi rekonstruksiya qilingan vaqtda taʼmirlangan. Boşqarma rahbari inşootning umumiy holatini yaxşi, deb baholadi. Biroq sardobaga suv quyiş masalasida ehtiyotkor böliş lozimligini taʼkidladi.
– Aslida, bu sardoba yomğir va qor suvlari kelib töplanadigan inşoot bölgan. Atrofidagi tepaliklar surib taşlanib, hudud relefi özgartirilganidan keyin oqova suvlar sardobaga tuşmay qolgan. Yonidan quduq qazib, suv taşlaş esa obida devorlarining yemirilişini yanada tezlaştirişi mumkin. Çunki bu joydagi yer osti suvlarining şörlaniş darajasi yuqori. Şuning uçun sardobaga faqat çuçuk suv yetkazib beriş kerak. Aks holda, inşootga zarar yetişi ehtimoli bor. Bu masala böyiça mahalliy hokimiyat ogohlantirilgan, – deydi Obidjon Hamidov.
Demak, sardobaning suvsiz qolişida hudud relefining özgarişi muhim omil bölgan. Ilgari atrofdagi tepaliklardan oqib kelgan yomğir va qor suvlari inşootda töplangan bölsa, hozir bu tabiiy jarayon izdan çiqqan.
Xöş, uning yeçimi bormi?
Obidjon Hamidovning taʼkidlaşiça, sardobani suv bilan taʼminlaş imkoniyati mavjud. Buning uçun ikkita muqobil yeçim körib çiqilişi mumkin. Birinçisi – inşootga çuçuk suv yetkazib beriş uçun maxsus quvur tarmoği tortiş. Ikkinçisi – yomğir va qor suvlarini yiğiş, tindiriş hamda maxsus quvur orqali sardobaga yetkaziş tizimini barpo etiş.
Biroq har ikki variant ham muayyan mablağ va muhandislik işlarini talab qiladi. Ayniqsa, suvning sifati, uning oqib keliş tartibi va tarixiy inşoot devorlariga taʼsiri oldindan hisob-kitob qilinişi zarur. Çunki notöğri tanlangan suv manbai yoki usuli sardobani asraş örniga uning yemirilişini tezlaştirişi mumkin.
Şu bois masalaga faqat suv quyiş nuqtai nazaridan emas, balki tarixiy inşootning dastlabki vazifasi va meʼmoriy xususiyatlarini hisobga olgan holda yondaşiş lozim.
Mahalla raisi 2027-yildagi davlat dasturi doirasida hududni obodonlaştiriş va sardobani taʼmirlaş rejalaştirilayotganini aytmoqda. Biroq bu jarayonda aynan suv töplaş tizimini tiklaş uçun qança mablağ ajratilişi, qaysi variant tanlanişi va işlar qaçon boşlanişi hozirça aniq emas.
Bu esa yana bir qator savollarni kun tartibiga çiqaradi. Sardobaning avvalgi suv töplaş tizimini tiklaş imkoniyatlari örganilganmi? Hudud relefi özgartirilişiga sabab bölgan işlar qaçon va kim tomonidan amalga oşirilgan? Uşbu özgarişlarning tarixiy inşootga taʼsiri baholanganmi? Eng muhimi, 2027-yilgi loyihada sardobani suv bilan taʼminlaş masalasi ham töliq hal etiladimi?
Bizningça, bu savollarga tegişli taşkilotlar aniq javob berişi, loyihada esa faqat taşqi taʼmirlaş va obodonlaştiriş emas, balki inşootning uzoq muddat saqlanişini taʼminlaydigan muhandislik yeçimlari ham nazarda tutilişi zarur.
Zero, tarixiy obidani asraş deganda faqat uning devorlarini taʼmirlaş yoki atrofini obod qilişni tuşunmaslik kerak. Eng avvalo, uning nima sababdan asl vazifasini yöqotayotganini aniqlaş, bu holatni bartaraf etiş va kelgusida takrorlanişining oldini oliş lozim.
Bugun Kasbidagi sardobani saqlab qoliş uçun yeçimlar bor. Ammo bu yeçimlar mablağ, puxta loyiha va masʼul idoralarning hamjihat harakatini talab etadi. Mahalla oqsoqollarining xavotiri ham bejiz emas: ular ajdodlardan qolgan tarixiy merosning ertaga faqat xotiralarda yaşab qolişini istamaydi.
Tarixiy obidani asraş esa uning devorlari nuraşini kutib ötirişdan emas, bugundan boşlanişi kerak.
Ölmas Barotov, Jamşid Norqobilov (surat),
ÖzA muxbirlari