Özbekiston sayohat qiliş uçun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida 27-örinda
CEOWORLD Magazine naşri tomonidan eʼlon qilingan 2027-yilgi Travel Safety Ranking reytingida Özbekiston sayohat xavfsizligi darajasi juda yuqori deb baholangan mamlakatlar qatoridan joy oldi.
Reytingda Markaziy Osiyoning boşqa davlatlari ham xavfsizlik darajasi yuqori bölgan mamlakatlar sifatida eʼtirof etilgan bölsa-da, Özbekiston "eng yuqori xavfsizlik" toifasiga kiritilgan. Jumladan, Özbekiston 81,03 ball bilan 198 ta davlat va hudud orasida 27-örinni egalladi va Markaziy Osiyoda birinçi böldi.
Reytingda mamlakatimizdagi tinçlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda içki osoyiştalik muhim omillar sifatida baholangan. Şuningdek, uşbu eʼtirof xorijiy sayyohlar uçun osoyişta muhit yaratiş borasidagi işlarning xalqaro miqyosdagi ifodasidir.
Şu örinda, reytingda qöşnilarimiz Qozoğiston 44-örin, Turkmaniston 57-örin, Qirğiziston 65-örin va Tojikiston 73-örinda qayd etilgan.
M.Komilova,
ÖzA