Buxoro xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi
Köhna va boqiy Buxoroning jahon madaniy xaritasidagi mavqei yanada mustahkamlanmoqda. 2027-yilda şahrimiz YUNESKO Ijodkor şaharlar tarmoğining yillik konferensiyasiga mezbonlik qiladi. Bu qaror nafaqat Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi, balki asrlar davomida şakllangan hunarmandçilik maktabi, milliy qadriyatlari va zamonaviy ijodiy salohiyatiga berilgan yuksak xalqaro bahodir.
Bugungi kunda madaniy merosni asrab-avaylaş, milliy hunarmandçilik anʼanalarini rivojlantiriş va ularni jahon miqyosida keng tarğib etiş har bir xalqning maʼnaviy qiyofasi va xalqaro nufuzini belgilaydigan muhim omillardan biriga aylanmoqda. Şu maʼnoda, Buxoroning nufuzli xalqaro anjumanga mezbon sifatida tanlanişi katta ahamiyatga ega.
Mazkur eʼtirof mamlakatimizda davlat rahbari taşabbusi bilan milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantiriş, tarixiy obidalarni asrab-avaylaş, turizm salohiyatini oşiriş hamda hududlarning öziga xos imkoniyatlarini xalqaro miqyosda namoyon etişga qaratilayotgan eʼtiborning amaliy samaralaridan biridir. Zero, madaniy merosga faqat ötmiş yodgorligi sifatida emas, balki bugungi taraqqiyot va kelajak avlodlar uçun muhim iqtisodiy, ijtimoiy hamda maʼnaviy resurs sifatida qaraş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Buxoroning 2023-yildan buyon YUNESKO Ijodkor şaharlar tarmoğida “Hunarmandçilik va xalq amaliy sanʼati” yönalişi böyiça aʼzo sifatida iştirok etib kelayotgani ham bejiz emas. Çunki bu zaminda zargarlik, zardözlik, misgarlik, kulolçilik, gilamdözlik, kaştaçilik kabi hunarlar asrlar davomida avloddan-avlodga ötib, bugun ham özining badiiy qiymati va amaliy ahamiyatini saqlab kelmoqda.

2004-yilda taşkil etilgan YUNESKO Ijodkor şaharlar tarmoği bugun dunyoning 408 ta şahrini birlaştirgan. Uning asosiy maqsadi madaniyat va ijodkorlikni şaharlarning barqaror rivojlanişida muhim omilga aylantiriş, ijodiy tajriba almaşiş va xalqaro hamkorlikni kengaytirişdan iborat.
2027-yilgi konferensiyaning Buxoroda ötkazilişi esa şahar hayotida yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Avvalo, bu mahalliy hunarmandlar, ijodkorlar, dizaynerlar, madaniyat va sanʼat vakillari uçun xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, öz mahsulot va ijod namunalarini jahon bozoriga olib çiqiş imkonini beradi. Şuningdek, xorijiy mehmonlar oqimining ortişi turizm, mehmonxona xöjaligi, umumiy ovqatlaniş, transport va xizmat körsatiş sohalari rivojiga ham ijobiy taʼsir körsatişi kutilmoqda.
Eng muhimi, bunday xalqaro tadbirlar orqali milliy hunarmandçilikni faqat sayyohlar uçun namoyiş etiladigan qadimiy sanʼat namunasi sifatida emas, balki zamonaviy iqtisodiyotning istiqbolli yönalişi sifatida rivojlantirişga zamin yaratiladi. Bu esa yoşlarni kasb-hunarga jalb etiş, ustoz-şogird anʼanalarini davom ettiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mahalliy ijodiy mahsulotlarning raqobatbardoşligini oşirişda muhim örin tutadi.
Binobarin, Buxoroning 2027-yilgi konferensiyaga mezbonlik qilişi oddiy xalqaro tadbir doirasidan ança keng maʼno kasb etadi. Bu — asrlar davomida şakllangan milliy qadriyatlarimizni jahonga tanitiş, tarixiy merosni zamonaviy taraqqiyot bilan uyğunlaştiriş va Buxoroning xalqaro madaniy hamkorlik markazlaridan biri sifatidagi örnini yanada mustahkamlaş yölidagi muhim qadamdir.
Buxoro bugun nafaqat ötmişning buyuk merosini saqlayotgan, balki ana şu merosdan kuç olib, kelajakni yaratayotgan ijodkor şahar sifatida dunyo eʼtiborini tortmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri