Skott Makdonald: Özbekiston bilan yangi ufqlarni kaşf etiş vaqti keldi (+video)
Xalqaro munosabatlar faqat siyosiy kelişuvlar va iqtisodiy körsatkiçlar bilan ölçanmaydi. Mamlakatlar örtasidagi işonç, özaro anglaşuv va uzoq muddatli şeriklik, avvalo, insonlar, bilim va madaniyat orqali mustahkamlanadi. Özbekiston va Buyuk Britaniya hamkorligida taʼlim, ingliz tili va sanʼat yönalişlarining alohida örin tutişi ham bejiz emas.
Bu jarayonning muhim iştirokçilaridan biri – Britaniya Kengaşi. Taşkilotning Özbekistondagi faoliyatiga 30 yil tölişi munosabati bilan Toşkentda bölib ötgan tadbir nafaqat ortda qolgan davr sarhisobi, balki hamkorlikning keyingi bosqiçi haqida mulohaza yuritiş uçun ham imkoniyat yaratdi.
1996-yildan buyon Britaniya Kengaşi mamlakatimizda ingliz tilini öqitiş sifatini oşiriş, pedagoglar salohiyatini rivojlantiriş, taʼlim muassasalari örtasidagi aloqalarni yölga qöyiş hamda madaniy loyihalarni qöllab-quvvatlaş yönalişlarida iş olib bormoqda.
Bunday taşabbuslarning ahamiyati esa faqat til bilimi yoki akademik almaşinuv bilan çeklanmaydi: ular özbek yoşlarining xalqaro bilim va tajribaga yöl oçişi, mamlakatlar örtasida yangi professional va ijodiy aloqalar şakllanişiga xizmat qiladi.
Tuzilmaning 30 yilligi munosabati bilan ötkazilgan matbuot anjumanida Britaniya Kengaşi boş ijroçi direktori Skott Makdonald iştirok etdi. Muloqotda ikki mamlakat örtasida taʼlim, ingliz tili va madaniyat sohalaridagi şeriklikning bugungi holati, yangi taşabbuslar hamda kelgusi ustuvor vazifalarga eʼtibor qaratildi.
Yubiley tadbirlari doirasida Britaniya Kengaşi kolleksiyasidan örin olgan törtta videoart asarini jamlagan “WHO ARE WE?” (Biz kimmiz?) körgazmasi namoyiş etildi.
ÖzA muxbiri Britaniya Kengaşi boş ijroçi direktori Skott Makdonald bilan suhbatda taşkilotning Özbekistondagi 30 yillik faoliyati, ingliz tili va zamonaviy taʼlimning yoşlar imkoniyatlarini kengaytirişdagi ahamiyati, milliy özlik va globallaşuv örtasidagi muvozanat, şuningdek, Özbekiston-Buyuk Britaniya madaniy hamkorligining yangi istiqbollari xususida fikr almaşdi.
Uşbu suhbatni ÖzAning “YouTube” kanalida körişingiz mumkin.
Musulmon Ziyo,
Oybek Davronov (video),
ÖzA