Nazariyani auditoriyadan real hayotga olib çiqqan tizim taʼlim sifatini tubdan özgartiradi
Zamonaviy taʼlim tizimi raqobatbardoş kadrlarni mehnat bozorining real ehtiyojlariga moslaştirişni talab qilmoqda. Buning uçun nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaştiriş zarur.
Şu bois, dual taʼlim modeli xalqaro miqyosda, ayniqsa, rivojlangan davlatlarda keng qöllanilmoqda. Bu tizim professional taʼlim samaradorligini oşirişning eng maqbul va sinovdan ötgan vositasidir.
Germaniya, Şveysariya va Avstriya kabi davlatlarda bu model özini töliq oqlagan. Uşbu tizimda talaba taʼlimning muayyan qismini öquv muassasasida oladi. Qolgan vaqtini esa bevosita işlab çiqariş yoki xizmat körsatiş korxonalarida amaliyot ötaş orqali özlaştiradi. Masalan, Germaniyada dual taʼlim asosida öqigan bitiruvçilarning 80 foizi mehnat bozoriga işlaşga tayyor, yuqori malakali mutaxassis bölib kirib keladi. Şveysariyaning turizm va mehmonxona sohasida esa talabalar vaqtining 50–60 foizi amaliy maşğulotlarga ajratiladi. Natijada ularning işga joylaşiş körsatkiçi 90 foizga yetadi.
Mamlakatimizda ham bu tajribani keng tatbiq etiş boşlandi. Asosiy maqsad mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlaş va taʼlim jarayonini amaliyotga boğlaş orqali sifatni yangi bosqiçga olib çiqişdir. Buning uçun dual taʼlimning mustahkam meʼyoriy-huquqiy asoslari işlab çiqildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi qarori bu borada tarixiy qadam böldi. Unga köra, 2024-2025 öquv yilidan boşlab oliy taʼlimda turizm va mehmonxona xöjaligi sohalarida yangiça tizim joriy etildi. Kadrlar tayyorlaş uç yillik dastur asosida, “blok-modul” tizimiga tayanuvçi dual taʼlim şaklida taşkil etilmoqda.
Uşbu tizimda öquv yuklamasining taqsimoti kursdan kursga ötib borişi bilan izçil özgarib boradi. Xususan, birinçi kursda öquv jarayonining 80 foizi nazariya va 20 foizi amaliyotdan iborat bölsa, ikkinçi kursga kelib bu körsatkiç teng yarmiga, yaʼni 50 foiz nazariya va 50 foiz amaliyotga aylanadi. Uçinçi kursda esa asosiy eʼtibor amaliy könikmalarni mustahkamlaşga qaratilib, nazariy maşğulotlar 30 foizni, amaliyot esa 70 foizni taşkil etadi.
Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-yanvardagi qarori bilan oliy taʼlim tizimida dual taʼlimni taşkil etiş tartibi tasdiqlandi. Endilikda jarayon korxona, oliygoh va talaba örtasida tuziladigan uç tomonlama şartnoma asosida olib boriladi. Nazariy maşğulotlar haftasiga kamida ikki kun universitetda ötiladi, qolgan kunlar töliq korxonadagi amaliyotga bağişlanadi.
Prezidentimizning 2026-yil 29-sentabrdagi qabul qilingan farmoni bu tizimni yanada takomillaştirdi. Asosiy maqsad “korxona – oliygoh – maqsadli kadr” tamoyilini tölaqonli işlaşga majbur qiliş böldi. Bu orqali iş beruvçilar bevosita taʼlim jarayoniga integratsiya qilinadi va bitiruvçilar kafolatlangan iş bilan taʼminlanadi.
Farmonga köra, talabalar korxona yöllanmasi asosida imtihonsiz yoki buyurtma böyiça saralaş orqali öqişga qabul qilinadi. Korxona öz mablağlari hisobidan talabaga öqiş davrida mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan oylik tölaydi. Talaba esa bitirgandan söng öşa korxona yoki uning tizimida kamida ikki yil işlab beriş majburiyatini oladi. Bu jarayonda nazariy qism kamida 30 foizni taşkil etadi, qolgan vaqtda talabalarga korxonada murabbiylar biriktiriladi.
2027-yil 1-yanvardan boşlab tizimda yangi tajriba amaliyotga kiradi. Dual taʼlimni tanlagan korxonalar uçun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlovçi maxsus kurslari oçiladi. Jarayonga jalb etilgan 30 nafar professor-öqituvçi va mentorlarning xorijda malaka oşiriş xarajatlari davlat byudjetidan qoplanadi.
Bungaça tizimda jiddiy bir böşliq bor edi, yaʼni magistr darajasiga ega bölmagan mutaxassislarning oliygohda dars berişiga imtiyoz berilmagan edi. Vaholanki, korxonalardagi eng tajribali va mohir mutaxassislarning aksariyati bakalavr diplomiga ega. Mazkur hujjat bilan bu tösiq olib taşlandi. Maxsus kurslarni tamomlagan bakalavr darajasidagi murabbiylarni oliygohlarga soatbay asosida, ilmiy darajasiz öqituvçiga tenglaştirilgan holda pedagog sifatida jalb qilişga ruxsat berildi.
Tartibga köra, bir murabbiyga köpi bilan ön beş nafar talaba biriktiriladi. Har bir talaba uçun yiliga 30 soat iş hajmi belgilanib, murabbiyga tölovlar universitetning soatbay iş haqi jamğarmasidan taşqari, byudjetdan taşqari mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
2027/2028 öquv yili yakunidan boşlab oliygohlar va buyurtmaçi korxonalarning samaradorlik reytingi yuritiladi. Eng yuqori natija körsatgan uçta oliygoh va korxona reytingdagi örniga qarab davlat byudjetidan bir, ikki va uç milliard söm miqdorida rağbatlantiriladi. Bu çora muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlaş bilan birga, dual taʼlim qamrovini va integratsion aloqalarni keskin kengaytiradi.
Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida ham bu borada ustuvor yönalişlar belgilab olindi. Iş joyiga integratsiyalaşgan taʼlim, korxona va mahallalarga biriktirilgan amaliyot şular jumlasidandir. Şuningdek, korxonalarda kafedra filiallarini, universitet hududida esa hamkor korxonaning öquv-ofisi yoki xizmat markazi bölgan Forsayt markazlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Universitetimiz Toşkent şahar hokimligi, tuman hokimliklari va mahalla fuqarolar yiğinlari bilan yaqin hamkorlik örnatdi. Ğoya oddiy, ammo çuqur mazmunga ega bölib, iqtisodçi bölib yetişayotgan yoşlar nazariyani faqat auditoriyada emas, balki hayotning özida, yaʼni mahalla darajasida sinovdan ötkazişi lozim. Şu maqsadda 704 nafar bitiruvçi kursi talabamiz poytaxt mahallalariga biriktirildi. Ular hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini örganadi, tahlillar ötkazadi va amaliy takliflar işlab çiqadi.
Nima uçun aynan mahalla tanlandi? Mahalla hududiy iqtisodiyotning eng kiçik, ammo jarayonlar eng aniq körinadigan nuqtasi hisoblanadi. Bandlik, oilaviy tadbirkorlik, kiçik biznes, infratuzilma va ijtimoiy xizmatlar holati aynan şu yerda yaqqol namoyon böladi. Mahalla kesimidagi tahlillar makroiqtisodiy körsatkiçlar ortidagi real hayotni körsatib beradi. Albatta, poytaxt mahallalari bir xil emas. Markaz va çekka hududlar örtasida aholi ziçligi, infratuzilma va tadbirkorlik darajasida sezilarli tafovutlar bor. Bu esa har bir hududga öziga xos, şaroitdan kelib çiqadigan yondaşuvni talab etadi.
Iqtisodiyot tilida bu hududiy diagnostika deb ataladi. Uning ikkita asosiy tuşunçasi mavjud bölib, bular rivojlanişga tösqinlik qilayotgan omillarni anglatuvçi rivojlaniş çeklovlari hamda töliq foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ifodalovçi ösiş zaxiralaridir. Bitiruvçilar universitetda olgan bilimlarini aynan şu diagnostika jarayonida qöllaydilar va bu ular uçun eng katta hayotiy imtihon vazifasini ötaydi.
Talabalarning mahalladagi amaliyoti törtta izçil bosqiçda amalga oşiriladi. Dastlab örganiş jarayonida mahalla aholisi, bandlik holati, tadbirkorlik subʼektlari va infratuzilmaga oid maʼlumotlar yiğiladi hamda tizimlaştiriladi. Şundan söng çeklovlarni aniqlaşga kirişilib, infratuzilma, moliyaviy resurslar va malaka yetişmovçiligi kabi ösişga xalaqit berayotgan omillar baholanadi. Navbatdagi bosqiçda foydalanilmayotgan yer va binolar, mehnat resurslari hamda istiqbolli tadbirkorlik yönalişlarini topiş orqali ösiş zaxiralari izlanadi. Yakuniy bosqiçda esa mahalla raisi va tuman hokimligi bilan kelişilgan holda, amalga oşiriş mumkin bölgan real çora-tadbirlar yuzasidan amaliy takliflar işlab çiqiladi.
Bu model har uç tomon uçun ham manfaatlidir. Talaba real muammo ustida işlab, öz tajribasini oşiradi. Mahalla mustaqil va xolis tahliliy baho oladi. Hokimlik esa qaror qabul qiliş uçun ilmiy asoslangan, aniq maʼlumotga ega böladi.
Mahalla davlat va jamiyat örtasidagi köprik bölsa, universitet bilim va hayot örtasidagi köprikdir. Bugun mana şu ikki muhim köprik bir-biriga ulanmoqda. Talabalar tayyorlagan takliflar poytaxt mahallalarini rivojlantiriş dasturlariga asos bölişi, ularning özi esa hududiy rivojlanişning faol iştirokçilariga aylanişi kutilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, oliy taʼlim tizimida dual taʼlim asosida malakali kadrlar tayyorlaş mehnat bozori ehtiyojlarini töliq qanoatlantiradi. Xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim muassasalari bilan raqobatlaşa oladigan bunday tizim orqali yetişib çiqqan mutaxassislar, şubhasiz, iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanişiga va mamlakatimizning yorqin kelajagiga xizmat qiladi.
Alişer EŞTAYEV,
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
ÖzA