Harbiy taʼlimda hamkorlik – özaro işonç va strategik maqsadlarni mustahkamlaydi
Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi döstlik, özaro işonç va strategik hamkorlikni mustahkamlaş, harbiy taʼlim sohasidagi aloqalarni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Boisi, davlatlar örtasidagi hamkorlikning eng muhim yönalişlaridan biri harbiy taʼlimdir. Bugungi kunda Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston Respublikasidan kelgan ofitserlarning mamlakatimizning Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida tahsil olayotgani ham buning amaliy ifodasidir. Ular taʼlim jarayonida harbiy bilim va könikmalarini takomillaştiriş bilan bir qatorda, özaro tajriba almaşib, kasbiy salohiyatlarini boyitmoqda.

– Jahon maydonida keskinlik va turli xavf-xatarlar saqlanib qolmoqda, bunday şaroitda tinçlik va barqarorlikni asraş, davlatlar örtasidagi yaxşi qöşniçilik munosabatlarini mustahkamlaş, işonçni rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boşliğining birinçi örinbosari, general-mayor Farhodjon Şermatov.
Universitetning magistratura taʼlim yönalişida tahsil olayotgan xorijiy tinglovçilar bilan uçraşar ekan, “Bir taʼlim maskanida turli davlatlar vakillarining tahsil olişi kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantiriş, harbiy xizmatçilar örtasida döstona munosabatlar va hamkasblik riştalarini mustahkamlaş uçun mustahkam zamin yaratadi”, dedi general-mayor.

Maʼlumot örnida aytiş joizki, 2021–2026-yillar davomida universitetda 400 nafardan ortiq xorijiy harbiy xizmatçi tahsil oliş uçun qabul qilingan. Bu esa Özbekiston harbiy taʼlim tizimiga xalqaro miqyosda qiziqiş ortib borayotgani hamda universitetning xorijiy davlatlar bilan harbiy taʼlim sohasidagi hamkorligi izçil kengayayotganidan dalolat beradi.
A.RUSTAMOV,
ÖzA