Singapur jamğarmasi issiqda işlamaslik uçun pul tölamoqçi
Singapurda joylaşgan “El Nino Resilience Fund” asosçilari Janubi-şarqiy Osiyo aholisiga haddan taşqari issiqda işlamasligi va tirikçilik köyida soğligini xavf ostiga qöymasligi uçun pul tölamoqçi, deya xabar berdi “Straits Times” naşri.
Körib çiqilayotgan usullardan biri – norasmiy sohada işlaydigan odamlar, asosan ayollar uçun issiqlik suğurtasi ajratiş. Yaʼni, harorat muayyan darajaga yetganda, aholi işlamasa ham daromadini yöqotmaydi. Issiqdan omon qoliş uçun naqd pul tölovi oliş mumkin böladi.
Jamğarma “Asia Climate Philanthropy Advisory” va “Asia Community Foundation” tomonidan birgalikda taşkil etilgan. Taşkilotçilar mintaqa aholisiga “Al-Ninyo” iqlim hodisasi bilan boğliq issiqlik, qurğoqçilik va yonğinga doş berişda yordam beriş uçun 3 million dollar töplaşni maqsad qilgan. 850 000 dollar allaqaçon yiğilgan, qolgan 2,15 million dollar ikki yil içida şakllantirilişi kutilyapti.
Çekka jamoalarda, quyoş energiyasi taʼsirida işlaydigan suv taʼminoti tizimi örnatiş, ekinni himoya qiliş, örmon va torf yonğinining oldini oliş va Indoneziyada yonib ketgan örmonni tiklaş boşqa ehtimoliy çoralar sifatida belgilangan.
Al-Ninyo – Tinç okeani yuzasi ğayri tabiiy isişi bilan tavsiflangan iqlim hodisasi bölib, sayyoramiz böylab ob-havo şaroitini özgartirişi, qurğoqçilik va suv toşqini keltirib çiqarişi mumkin.
S.Rahimov, ÖzA