Kolumbiyadagi portlaş oqibatida 21 kişi jarohatlandi
Kolumbiyaning Vilyavisensio şahridagi "Meta" departamenti maʼmuriy binosi yonida sodir bölgan portlaş oqibatida 21 kişi jarohatlandi.
Mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib, RCN naşri xabar berişiça, jabrlanganlarning beş nafari xavfsizlik kuçlari xodimlari. Maʼmuriy bino va şu atrofdagi inşootlarga ham jiddiy zarar yetgan.
Prezident Abelardo de la Esprielya ijtimoiy tarmoq orqali hujumni keskin qoraladi. Taʼkidlanişiça, hozirça halok bölganlar haqida maʼlumot yöq. Aybdorlarni aniqlaş va javobgarlikka tortiş uçun xavfsizlik tizimi tomonidan bor imkoniyat safarbar etiladi.
“Meta” departamenti gubernatori Rafaela Kortes armiya va politsiya bilan hamkorlikda zarur çora körilayotganini maʼlum qildi. Hozir asosiy eʼtibor aholi xavfsizligini taʼminlaş, ehtimoliy yangi hujumning oldini oliş va voqea tafsilotini aniqlaşga qaratilgan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA