Möğuliston – Janubiy Koreya: Özaro savdo qiymati milliard dollarga yetadi
Möğuliston Taşqi işlar vaziri Batmunxiyn Batsetseg Janubiy Koreyaga rasmiy taşrifi doirasida mamlakat Boş vaziri Xan Son Suk bilan uçraşdi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.
Uçraşuvda strategik şeriklik kölamini yanada kengaytiriş, yuqori darajadagi muloqotni faollaştiriş masalasi muhokama qilindi.
Xan Son Suk joriy yil boşida Prezident Li Çje Myonning Möğulistonga davlat taşrifi muhim ahamiyatga ega bölganini taʼkidladi. Erişilgan kelişuvlar, jumladan konsullik bitimi imzolanişi hamda ikki davlat fuqarolariga haydovçilik guvohnomasi uçun imtihonni ona tilida topşiriş imkoniyati yaratilgani qayd etildi.
Muzokara yakunida tomonlar kelgusi beş yil özaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazişga kelişib oldilar. Şuningdek, keng qamrovli iqtisodiy şeriklik töğrisida bitim tuziş, yetkazib beriş zanjirini rivojlantiriş, raqamli texnologiya va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot işlab çiqariş, energetika, qişloq xöjaligi, soğliqni saqlaş, taʼlim, madaniyat sohalarida hamkorlikni çuqurlaştiriş böyiça birga işlaşga tayyorlik bildirildi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA