Rubio: Tehron bilan muzokaralarda jiddiy buriliş kuzatilmayapti
AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Vaşington va Tehron örtasidagi mojaroni diplomatik yöl bilan hal etiş borasidagi muzokaralarda sezilarli özgariş kuzatilmayotganini maʼlum qildi.
U Eron tomoni ilgari surayotgan talablarni AQŞ uçun qabul qilib bölmaydigan, ayrimlarini esa amalga oşirişning iloji yöq, deb baholadi.
Rubio Fransiyada bölib ötadigan Katta yettilik (G7) davlatlari taşqi işlar vazirlari yiğilişida iştirok etiş uçun yölga çiqiş oldidan jurnalistlar bilan suhbatlaşdi. Davlat kotibi hozirça muzokaralarda jiddiy buriliş kutişga asos yöqligini taʼkidladi. Şu bilan birga, Tramp maʼmuriyati ziddiyatni diplomatik vositalar orqali hal etiş tarafdori ekanini yana bir bor qayd etdi.
“CNN” telekanaliga intervyu bergan Oq uy rahbari Donald Tramp esa muzokaralarda olğa siljiş kuzatilsa, Islom Respublikasiga qarşi keng kölamli harbiy zarbalar qayta boşlanişi ehtimoli juda pastligini aytdi. Biroq u zarurat tuğilgan taqdirda harbiy harakatlar davom ettirilişi mumkinligini ham istisno qilmadi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA