Fransiyada NATOdan çiqiş masalasi kun tartibiga qöyildi (+video)
Fransiyadagi saylov NATO birligiga jiddiy taʼsir körsatişi mumkin. “Politico” naşri yozişiça, söl siyosatçi Jan-Lyuk Melanşon prezidentlik saylovida ğalaba qozongan taqdirda Fransiyani NATOdan çiqariş va AQŞga “ölpon tölaşdan qutuliş”ni vaʼda qilyapti. Uning boşçiligidagi “Böysunmas Fransiya” partiyasi mudofaa sanoati korxonalarini davlat tasarrufiga qaytariş niyatini ham maʼlum qilgan.
Sönggi sörovnomaga köra, Melanşon prezidentlik saylovida yetakçilar qatoriga qöşilib, qöllab-quvvatlov böyiça ikkinçi öringa kötarildi.
Maʼlumki, dastlabki bosqiçda eng köp ovoz töplagan ikki nomzod ikkinçi turga yöl oladi. Hozirça u öta öng qaraşli siyosatçi Marin Le Pen bilan raqobatlaşişi kutilyapti. Qiziği, Le Pen ham Fransiyani Şimoliy Atlantika alyansi Birlaşgan qömondonlik tuzilmasidan çiqariş tarafdori.
Öta öngçilardan farqli ölaroq, “Böysunmas Fransiya” Ukrainaga harbiy yordam töxtatilişini oçiq talab qilmayapti. Faqat mojaroni diplomatik yöl bilan hal etiş zarurligini taʼkidlamoqda. Partiya fikriça, har qanday tinçlik kelişuvida nafaqat mojaroda iştirok etayotgan tomonlar, balki Yevropaning boşqa davlatlari uçun ham “jamoaviy xavfsizlik kafolati” közda tutilişi lozim.
Şuningdek, partiya faolllari qurol-yaroq ustidan qatʼiy nazorat örnatmoqçi. Jumladan, fazoda qurollaniş poygasiga qarşi. Masalan, Tuluza şahridagi NATO koinot markazini yopiş taklifi ilgari surilgan.
Ayni payt guruh yetakçilari Fransiya suverenitetini himoya qiliş uçun mustaqil imkoniyatga ega böliş kerakligini aytmoqda. Boşqa köplab siyosiy kuçlardan farqli ölaroq, “Böysunmas Fransiya” kosmik siyosatga alohida eʼtibor qaratgan. Partiya dasturida mamlakat fazoviy kemasini yaratiş taşabbusi ham bor.
Umuman, mazkur guruh öta muhim strategik imkoniyat sifatida baholanadigan sohalarga sarmoyani köpaytiriş kerak, deb hisoblaydi. Partiya vakili “Politico” naşriga maʼlum qilişiça, mudofaa sohasiga oid alohida va batafsil dastur keyinroq eʼlon qilinadi.
K.Bekjonov, I.Ismatov (video), ÖzA