Radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlaşga qaratilgan qonun qabul qilinadi
Radioaktiv çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soliş, ularni yiğiş, taşiş, qayta işlaş, saqlaş va kömiş jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etilişini taʼminlaş, aholi hayoti va soğliği hamda atrof-muhitni muhofaza qiliş muhim ahamiyat kasb etadi.
“Radioaktiv çiqindilar töğrisida”gi qonun şu maqsadda işlab çiqilgan bölib, unda radioaktiv çiqindilarni tasniflaş, sohadagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari, inson salomatligi va atrof-muhit muhofazasining ustuvorligi, şuningdek, çiqindi hosil qiluvçilarning javobgarligi belgilanmoqda.

Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi majlisida mazkur qonun dastlabki tarzda muhokama qilinib, radioaktiv çiqindilar bilan boğliq faoliyat davlat tomonidan hisobga olinişi va nazorat qilinişi qayd etildi.
Uşbu sohada litsenziyalaş tartibi joriy etilişi nazarda tutilmoqda. Faoliyat iştirokçilarining vakolatlari va majburiyatlari, qonunçilik talablarini buzganlik uçun javobgarlik belgilanmoqda.

Senatorlar taʼkidlaganidek, qonunning qabul qilinişi radioaktiv çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasidagi munosabatlarni tartibga soliş, radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlaş, aholi salomatligi va atrof-muhitni radioaktiv çiqindilarning zararli taʼsiridan muhofaza qilişga xizmat qiladi.
N.Abduraimova,
ÖzA