Enver Ilhan: Özbekistonda energiya samaradorligini oşiriş uçun katta imkoniyatlar bor
Xalqaro iqtisodiy hamkorlik faqat savdo aloqalarini kengaytiriş bilan çeklanmaydi. Uning ajralmas qismi işlab çiqariş kooperatsiyasi, investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va sanoat tajribasi almaşinuvidir. Özbekiston va Turkiya örtasidagi munosabatlar ham aynan şunday keng qamrovli şeriklik asosida rivojlanmoqda.
Toşkentdagi Xalqaro kongress markazida 19-noyabr kuni Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning birinçi yiğilişi bölib ötdi. Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etgan tadbirda Turkiyaning 200 ga yaqin hamda mamlakatimizning 50 dan ortiq kompaniyasi vakillari qatnaşdi.
Yiğilişda ikki mamlakatning sanoat, energetika, qişloq xöjaligi, quriliş, farmatsevtika va xizmatlar sohasidagi imkoniyatlarini birlaştiriş, istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş hamda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
– Özbekistonda energiya samaradorligini oşiriş masalasi biz uçun ham alohida ahamiyatga ega, – deydi “MİMSAN Group” direktorlar kengaşi raisi Enver Ilhan. – Çunki energiya resurslaridan oqilona foydalaniş iqtisodiy barqarorlikning muhim omillaridan biridir. Aholi soni ortib borgani sari tabiiy resurslarga bölgan talab ham oşaveradi. Bu esa taʼminot tizimiga qöşimça yuklama tuşiradi. Şu bois energiya tejamkorligiga erişiş, binolarda issiqlik yöqotilişini kamaytiriş va zamonaviy uskunalarni joriy etiş bugun dolzarb vazifaga aylangan. Bu yönalişda biz Özbekiston bilan amaliy tajribamizni örtoqlaşişga tayyormiz.
Isitiş tizimida muammolar mavjud hududlarda yangi texnologiyalar asosida işlaydigan yirik majmualarni joriy etiş özini oqlaydi. Bu qiş mavsumi oldidan körilayotgan çora-tadbirlarning muhim qismi bölib, aholiga körsatilayotgan xizmat sifatini yaxşilaş, resurslardan samarali foydalaniş va ortiqça sarf-xarajatlarni qisqartirişga xizmat qiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevga gaz taʼminoti va isitiş bilan boğliq muammolarni hal etiş böyiça yuqori texnologiyalarga asoslangan loyihalarni taqdim etdim. Davlatingiz rahbari uşbu taşabbuslarni qöllab-quvvatlab, öz tavsiyalarini bildirdi. Işonçim komilki, mazkur hamkorlik ikki tomon uçun ham manfaatli bölib, aholini qulay va barqaror energiya bilan taʼminlaşga zamin yaratadi.
Marhabo HOJIAKBAROVA,
ÖzA