Farğonada anʼanaviy «Asal bayrami» davom etmoqda
Farğona şahrida anʼanaviy «Asal bayrami» körgazma-yarmarkasi davom etmoqda. Tadbir mahalliy asalariçilar, soha mutaxassislari hamda tabiiy mahsulotlarga qiziquvçi aholi va mehmonlarni bir joyga jamladi.
Yarmarkada Farğona vodiysining toğ va daşt hududlarida olingan asal xaridorlarga bevosita asalariçilar tomonidan taklif etilmoqda. Mahsulotlar hamyonbop narxlarda sotuvga qöyilgan.
Tadbirda 60 nafardan ortiq asalariçi iştirok etyapti. Rastalarda asalning turli navlari, asaldan tayyorlangan mahsulotlar va asalariçilikning boşqa mahsulotlari namoyiş etilmoqda. Ularning turi yuzdan ziyod.
Körgazma-yarmarka asalariçilar va soha mutaxassislariga özaro tajriba almaşiş, tarmoqni rivojlantiriş masalalarini muhokama qiliş imkonini bermoqda. Tadbir doirasida aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etişga ham eʼtibor qaratilgan.
Tajribali asalariçilar va soha mutaxassislari taşrif buyuruvçilarga asal tanlaşda nimalarga eʼtibor beriş kerakligi, uning foydali xususiyatlari va isteʼmoli haqida bepul maslahat bermoqda.
[gallery-32616]
Yarmarka doirasida madaniy-maʼrifiy tadbirlar ham taşkil etilgan. Mehmonlar asalning turli navlarini tatib körib, özlariga maʼqulini xarid qilişlari mumkin.
Muqimjon QODIROV (surat), ÖzA