Quriliş cohasida fuqarolarni qiynayotgan murojaatlar köp
Fuqarolardan keladigan har bir murojaat şunçaki ariza yoki şikoyat emas. Uning ortida hal etilişi zarur bölgan muammo, baʼzan esa oylar davomida javob topmagan savol turadi. Ayniqsa, uy-joy, quriliş sifati, kommunal xizmatlar va içimlik suvi taʼminoti bilan boğliq masalalar aholi hayotiga bevosita daxldor.
Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi tomonidan joriy yilning yanvar–oktabr oylarida aholidan kelib tuşgan murojaatlarni örganiş va ularda kötarilgan muammolarni hal etiş böyiça muayyan işlar amalga oşirildi. Hisobot davrida Inspeksiyaga jami 7 ming 225 ta murojaat kelib tuşgan. Ularning mazmuni tahlil qilinganda, eng köp murojaat quriliş sohasiga tegişli ekani maʼlum böldi.
Murojaatlarning aksariyati quriliş işlari, kommunal xizmatlar va boşqaruv servis kompaniyalari faoliyati, içimlik suvi taʼminoti hamda oqova suvlarni çiqarib yuboriş masalalari bilan boğliq. Sohada murojaatlarning köpligi esa aholi uçun uy-joy qurilişi sifati, köp kvartirali uylarni boşqariş va kommunal xizmatlar barqarorligi qançalik muhimligini ham körsatadi.
Kelib tuşgan murojaatlarning 2 ming 244 tasi ijobiy hal etilgan. 4 ming 670 tasi böyiça fuqarolarga huquqiy tuşuntirişlar berilgan, 311 tasi esa vakolatliligi böyiça boşqa taşkilotlarga yuborilgan. Şuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot qiliş va ularni qiynayotgan masalalarni joyiga çiqqan holda örganiş maqsadida hududlarda 13 ta sayyor qabul taşkil etilgan. Ularda jami 460 ta yuridik va jismoniy şaxsning murojaati körib çiqilgan. Natijada 289 ta masala ijobiy hal etilgan. 148 ta murojaat yuzasidan huquqiy tuşuntirişlar berilgan, 23 tasi esa tegişli taşkilotlarga yönaltirilgan.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş lozimki, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Özbekistonda 339,3 trillion sömlik quriliş işlari bajarilgan. Bu körsatkiç 2025-yilning mos davriga nisbatan 12,3 foizga oşgan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA