Tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş — iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili
Bugun hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltiriş, yangi işlab çiqariş quvvatlarini barpo etiş va aholi bandligini taʼminlaşda tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş alohida ahamiyat kasb etmoqda. Zero, har bir amalga oşirilgan investitsiya loyihasi nafaqat yangi korxona yoki işlab çiqariş obʼekti, balki yangi iş örinlari, oilalar daromadi va hudud iqtisodiyoti uçun qöşimça imkoniyatlar demakdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan tadbirkorlikni rivojlantiriş, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi örnini mustahkamlaş, investitsiyalarni faol jalb etiş va mahalliy işlab çiqaruvçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida ilgari surilayotgan taşabbuslar ham aynan şu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Bu boradagi islohotlarning amaliy natijasi esa, eng avvalo, joylarda yaratilayotgan yangi loyihalar, işlab çiqariş hajmining ortişi va aholi bandligining taʼminlanişida namoyon böladi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Emma Aslonova va Nuriddin Jabborov, Savdoni rivojlantiriş kompaniyasi boşqarma boşliği Oybek Saydahmedov hamda Buxoro viloyati Kengaşi apparati rahbari Bobomurod Oçilov iştirokida viloyatda amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari va tadbirkorlik subʼektlari faoliyati örganildi.
Örganişlar davomida işçi guruh işlab çiqariş, taʼlim, maktabgaça taʼlim va tibbiyot yönalişlarida faoliyat yuritayotgan qator korxona va taşkilotlarda bölib, ularning imkoniyatlari, mavjud muammolari va istiqboldagi rejalari bilan tanişdi.
Jumladan, Buxoro şahridagi “ZARHAL GROUP” korxonasida umumiy qiymati 15 million AQŞ dollariga teng bölgan tikuvçilik mahsulotlari işlab çiqariş loyihasi eʼtibor markazida böldi. Loyiha doirasida 150 ta yangi iş örni yaratiş, yiliga 4 ming tonna ip-kalava va matoni böyaş quvvatiga ega işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Bu nafaqat sanoat salohiyatini oşiriş, balki mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş va qöşimça qiymat yaratiş nuqtai nazaridan ham ahamiyatlidir.

Şuningdek, tumanning Qavola Mahmud mahallasidagi Özbekiston — Rossiya qöşma korxonasi şaklidagi “Rostexstroy” MÇJ faoliyati örganildi. Trikotaj mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan mazkur korxonada 30 nafardan ortiq mahalliy aholi doimiy iş bilan taʼminlangan. Yevropa texnologiyalari asosida işlab çiqarilayotgan mahsulotlar Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston va boşqa xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda. Bu esa korxonaning nafaqat içki bozordagi, balki taşqi bozordagi raqobatbardoşligini ham körsatadi.
“Yangi Özbekiston — raqobatbardoş mahsulotlar yurti” loyihasi doirasida Buxoro tumanidagi bank moliyaviy kömagida faoliyat yuritayotgan korxona imkoniyatlari ham közdan keçirildi. Maʼlumotlarga köra, uning yillik aylanmasi 2 million AQŞ dollarini taşkil etadi, bu yerda 80 nafar fuqaro doimiy iş bilan taʼminlangan. Bunday korxonalar mahalliy işlab çiqarişni kengaytiriş, import örnini bosuvçi mahsulotlar hajmini oşiriş va yangi eksport yönalişlarini özlaştirişda muhim örin tutadi.
Kogon şahridagi “Akbarjon baraka” MÇJ tomonidan amalga oşirilayotgan un mahsulotlari işlab çiqariş loyihasi ham istiqbolli taşabbuslardan biri hisoblanadi. Korxona hududi 5,2 gektarni taşkil etib, işlab çiqariş binolari maydoni 3,7 gektardan iborat. Turkiyadan keltirilgan zamonaviy uskunalar töliq örnatilgan. Bu yerda buğdoy sifatini qisqa muddatda tahlil qiliş imkonini beruvçi laboratoriyaning mavjudligi esa işlab çiqarişda sifat nazoratiga alohida eʼtibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
“Innovatsion quriliş va yaşil arxitektura” loyihasi doirasida “DEMIR GYPSUM” korxonasi faoliyati bilan tanişiş jarayonida ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, energiya va resurslardan oqilona foydalaniş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Bugun quriliş materiallari sanoatida ekologik va energiya tejamkor yondaşuvlarni kengaytiriş nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki barqaror taraqqiyot talabidir.

Örganişlar faqat sanoat korxonalari bilan çeklanmadi. Xususan, “Registon Buxoro” xususiy maktabida öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar, zamonaviy taʼlim infratuzilmasi va öquv jarayoni bilan tanişildi
Buxoro tumanidagi “Oydinoy Kamal Jilosi” va “Eşonov Ahmad Sofoyeviç” nomli maktabgaça taʼlim taşkilotlarida esa davlat-xususiy şeriklik asosidagi faoliyat, mavjud imkoniyatlar va tadbirkorlarni qiynayotgan masalalar örganildi. Mazkur taşkilotlarda tegişliça 120 va 180 nafar bolani qamrab oliş imkoniyati mavjud bölib, jami 40 nafar tarbiyaçi mehnat qilmoqda.
Şuningdek, “Sunnat Dildora Zilol” xususiy klinikasida aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmatlar, yaratilgan şaroitlar va muassasa faoliyatini yanada rivojlantirişga doir takliflar tinglandi. Bu kabi örganişlar ijtimoiy sohada xususiy sektor iştirokini kengaytiriş, aholi uçun sifatli xizmatlar kölamini oşirişda ham muhim ahamiyatga ega.

Eʼtiborlisi şundaki, mazkur taşriflar davomida faqat erişilgan natijalar bilan tanişiş emas, balki tadbirkorlar duç kelayotgan muammolarni aniqlaş va ularga amaliy yeçim topişga ham ustuvor ahamiyat qaratildi. Jumladan, “ZARHAL GROUP” loyihasini öz vaqtida amalga oşiriş, işlab çiqariş quvvatlaridan töliq foydalaniş, eksport geografiyasini kengaytiriş, xususiy taʼlim va tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantiriş bilan boğliq masalalar yuzasidan fikr almaşildi. Aniqlangan muammolar böyiça amaldagi qonunçilik talablari asosida tuşuntirişlar berilib, ularni hal etiş çoralari muhokama qilindi.
Zero, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş faqat imtiyoz yoki moliyaviy kömak beriş bilan çeklanmaydi. Bu — tadbirkorning muammosini eşitiş, uning taşabbusiga tösiq bölayotgan masalalarni bartaraf etiş, qonunçilikda belgilangan imkoniyatlardan samarali foydalanişiga kömaklaşiş hamdir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri