Gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi
Gaz taʼminotida barqarorlikni taʼminlaş, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qiliş va aholi xavfsizligini mustahkamlaş — bugungi kunning dolzarb vazifalaridan. Buxoro viloyatida joriy yil boşidan buyon 139 kilometr gaz quvuri rekonstruksiya qilinib, qariyb 100 kilometr tarmoq estetik jihatdan tartibga keltirildi. Bu işlar nafaqat gaz taʼminoti sifatini yaxşilaş, balki kuz-qiş mavsumida ehtimoliy uzilişlarning oldini olişga ham qaratilgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan energetika tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yangilaş, energiya resurslaridan samarali foydalaniş va aholiga körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş böyiça belgilanayotgan ustuvor vazifalar joylarda izçil amalga oşirilmoqda.
Ayniqsa, tabiiy gaz taʼminotida eskirgan quvurlarni bosqiçma-bosqiç yangilaş, gaz taqsimlaş tarmoqlarining texnik holatini yaxşilaş va isteʼmolçilar xavfsizligini taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, gaz taʼminotidagi barqarorlik faqat resurs mavjudligiga emas, balki uni isteʼmolçiga yetkazib beradigan infratuzilmaning işonçliligiga ham bevosita boğliq.
Şu maqsadda “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali tomonidan viloyatda keng kölamli taʼmirlaş, rekonstruksiya va profilaktika işlari amalga oşirilmoqda.

Eʼtiborlisi, sönggi yillarda gaz quvurlarini yangilaş işlarining kölami izçil kengayib bormoqda. Xususan, 2023-yilda viloyat böyiça 45 kilometr, 2024-yilda 56 kilometr, 2025-yilda 127 kilometrdan ortiq gaz quvuri rekonstruksiya qilingan bölsa, joriy yilning şu davriga qadar bu körsatkiç 139 kilometrga yetdi.
Bu raqamlar tarmoqni yangilaş işlari yildan-yilga kengayib borayotganini körsatadi. Ayni paytda qariyb 100 kilometr gaz quvuri taşqi köriniş jihatidan ham tartibga keltirildi. Bu esa şahar va qişloqlar muhitini obodonlaştiriş bilan birga, gaz infratuzilmasini yagona tartibga keltirişga xizmat qiladi.
— Gaz taʼminoti tizimidagi har qanday yangilanişning asosiy mezoni — isteʼmolçiga xizmat körsatiş barqarorligi va xavfsizligidir. Şu bois joriy yilda rekonstruksiya işlariga alohida eʼtibor qaratdik. 139 kilometr gaz quvurining yangilanişi natijasida tarmoqlarning texnik holati yaxşilanib, aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obʼektlarini tabiiy gaz bilan işonçli taʼminlaş imkoniyatlari kengaymoqda. Bu işlar kelgusida yuzaga kelişi mumkin bölgan nosozlik va uzilişlarning oldini olişda ham muhim ahamiyatga ega, — deydi “Hududgaz Buxoro” gaz taʼminoti filiali boş muhandisi Sirojiddin Avezov.
Qiş mavsumiga tayyorgarlik faqat gaz quvurlarini taʼmirlaş bilan çeklanmaydi. Bu jarayon gaz bosimini meʼyorda saqlaş, taqsimlaş qurilmalarining texnik holatini nazorat qiliş va isteʼmolçilar tarmoqlarini mavsumiy yuklamalarga tayyorlaşni ham talab etadi.

Şu bois viloyatdagi mavsumga tayyorgarlik işlari doirasida 33 ta gaz maromlaş qurilmasi mukammal taʼmirlandi, 3 mingdan ortiği texnik körikdan ötkazildi. Qariyb 22 ming xonadonning tabiiy gaz taʼminoti ikki bosqiçli tizimga ötkazildi. Bunday çora-tadbirlar gaz taqsimotini yanada samarali taşkil etiş, tarmoqlardagi bosimni barqarorlaştiriş va mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanişga xizmat qiladi. Biroq gaz taʼminotidagi barqarorlik faqat texnik tadbirlarga boğliq emas. Isteʼmolçilarning xavfsizlik qoidalariga amal qilişi ham muhim omil hisoblanadi. Şuning uçun filial tomonidan mahallalarda tarğibot-tuşuntiriş işlari ham izçil olib borilmoqda. Aholiga gaz jihozlaridan töğri foydalaniş, xonalarni muntazam şamollatiş, dudburonlarni tozalaş va is gazidan zaharlanişning oldini oliş böyiça zarur tavsiyalar berilmoqda.
Ayniqsa, kuz-qiş mavsumida isitiş uskunalaridan foydalaniş köpayişini inobatga olganda, bunday profilaktik tadbirlarning ahamiyati yanada ortadi. Çunki bir qaraşda oddiy tuyulgan xavfsizlik qoidalariga beparvolik inson hayoti va salomatligi uçun jiddiy xavf tuğdirişi mumkin.

Dudburonlarni tozalaş, gaz jihozlarining texnik holatini tekşiriş va xonadonlarda xavfsizlik talablariga rioya etilişini tuşuntiriş işlari ham şu maqsadga qaratilgan.
Umuman olganda, Buxoro viloyatida gaz quvurlarini rekonstruksiya qiliş, gaz maromlaş qurilmalarini taʼmirlaş, tarmoqlarni texnik nazoratdan ötkaziş va aholi örtasida profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş bir-birini töldiruvçi muhim jarayonlardir.
Eng muhimi, amalga oşirilayotgan işlar natijasi faqat yangilangan quvurlar yoki taʼmirlangan qurilmalar bilan emas, balki isteʼmolçi xonadonida gaz taʼminotining barqarorligi, xizmat körsatiş sifati va xavfsizlik darajasi bilan baholanadi. Şu maʼnoda, «Hududgaz Buxoro» filiali tomonidan olib borilayotgan işlar aholi farovonligi va kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişga qaratilgan muhim amaliy çora-tadbirlardan biridir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri