Qaşqadaryoda reabilitatsiya sohasida xalqaro tajriba örganilmoqda
Janubiy Koreyaning Kyonbuk milliy universiteti Çilgok şifoxonasi mutaxassislari Özbekistonga taşrifi doirasida Qaşqadaryo viloyati nogironligi bölgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va protezlaş markazida böldi.
Taşrif davomida xorijlik mutaxassislar markazda yaratilgan şaroitlar, reabilitatsiya jarayonlari, zamonaviy tibbiy uskunalar hamda aholiga körsatilayotgan xizmatlar bilan tanişdi.
Şuningdek, markaz xodimlari iştirokida amaliy seminar taşkil etildi. Unda koreyalik mutaxassislar reabilitatsiyaning zamonaviy usullari, bemorlarning jismoniy imkoniyatlarini tiklaş, ularning kundalik hayotga moslaşuvini taʼminlaş borasidagi ilğor tajribalari bilan örtoqlaşdi.

Muloqot davomida mutaxassislar özaro fikr almaşib, sohada qöllanilayotgan samarali yondaşuvlar va ularni mahalliy amaliyotga tatbiq etiş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Taʼkidlaş joizki, markazda aholining ehtiyojmand qatlamiga malakali reabilitatsiya xizmatlarini körsatiş, ularning salomatligini tiklaş va jamiyatda faol iştirokini taʼminlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida markazga elektron yöllanma asosida 2 ming 132 nafar şaxs davolaniş uçun qabul qilindi. Ularning 1 ming 123 nafari salomatligini qisman tiklaşga muvaffaq böldi. Şuningdek, 348 nafar nogironligi bölgan şaxsga ambulator tibbiy xizmat körsatildi.

Xorijiy mutaxassislar bilan bunday uçraşuv va tajriba almaşuvlar reabilitatsiya xizmatlarini takomillaştiriş, tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oşiriş hamda zamonaviy davolaş usullarini amaliyotga joriy etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri