Qarz oluvçi huquqi: kredit vaqtidan avval tölanganda foiz tölovlari kamaytiriladimi?
Kredit oliş bugungi kunda köpçilik uçun moliyaviy maqsadlarga tezroq erişiş vositasiga aylangan. Biroq, qarz yukidan imkon qadar tezroq qutuliş va ortiqça xarajatlarning oldini oliş istagi har bir qarz oluvçida tabiiy ravişda paydo böladi. Qöşimça daromad manbai yuzaga kelganda yoki mablağ yiğilganda, köpçilikni bir savol öylantiradi: agar kreditni şartnomada körsatilgan muddatdan oldin yopsam, bank foiz tölovlarini kamaytiradimi yoki yillar davomida hisoblangan barça foizlarni tölaşimga töğri keladimi?
Bu haqda Toşkent davlat yuridik universiteti yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev quyidagiça huquqiy tuşunça berdi:
–Özbekiston qonunçiligiga köra, banklar qarzni muddatidan oldin qaytarişga tösqinlik qiliş yoki buning uçun qöşimça komissiyalar undiriş huquqiga ega emas. Kreditni muddatidan oldin tölaşda asosiy qarz summasi va kredit berilgan kundan to tölaş kunigaça hisoblangan foizlarni qaytariş kerak.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Bank xizmatlari ommabopligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi qaroriga muvofiq kredit buyurtmalarini körib çiqiş, ssuda hisobraqamlariga xizmat körsatiş, kreditlar ajratiş uçun tölovlar, şuningdek, jismoniy şaxslar va kiçik tadbirkorlik subʼektlari tomonidan kreditlar (mikroqarzlar)ni muddatidan ilgari uzilgani uçun neustoyka undiriş taqiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi "Isteʼmol krediti töğrisida" qonunining 16-moddasiga muvofiq isteʼmolçi olingan isteʼmol krediti summasini qaytarişni va mazkur kredit böyiça hisoblangan foizlarni tölaşni muddatidan ilgari amalga oşirişga haqli.
Bunday holda isteʼmolçi faqat isteʼmol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uçun foizlar tölaydi.
–Muddatidan oldin qöşimça tölov kiritiş haqida bankni ogohlantiriş majburiymi?
–Ha, muddatidan oldin qöşimça tölov kiritiş niyatingiz haqida bankni ogohlantiriş majburiydir. Aks holda, hisobingizga ötkazilgan qöşimça mablağlar qarzni yopiş uçun hisoblanmay, şunçaki hisobda qolişi mumkin va bank avvalgi qarz summasiga foizlarni hisoblaşda davom etadi.
Muddatidan oldin tölov kiritiş uçun mobil ilova yoki internet-bankdan foydalaning, unda “Muddatidan oldin tölaş” funksiyasi mavjud. Qisman yoki töliq tölaşni tanlang va elektron ariza yuboring. Şu bilan birga, telefon orqali yoki bank filialida xabardor qiliş mumkin, lekin onlayn usul odatda tezroq.
Demak, kredit şartnomasini muddatidan avval yopiş böyiça Özbekiston qonunçiligida heç qanaqa çeklovlar yöq. Faqat bunday harakatlarni amalga oşirişdan avval bankni mobil ilova, internet-bank, telefon orqali yoki bank filialida ogohlantiriş kerak. Bu harakatlar kelajakda taraflar örtasida kelib çiqişi mumkin bölgan har qanday muammoli vaziyatlar va huquqiy anglaşilmovçiliklarning oldini oladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA