Portugaliya Uelsga qarşi bahsda uç futbolçi xizmatidan foydalana olmaydi
Portugaliya 5-turda Daniyaga 1:4 hisobida yutqazgan edi.
Portugaliya terma jamoasi himoyaçisi Ruben Diaş hamda yarim himoyaçilar Joau Palinya va Bernardu Silva terma jamoa yiğinini tark etdi. Portugaliya futbol federatsiyasi ma’lumotiga köra, uç futbolçi 17-noyabr kuni Kardiffda Uelsga qarşi ötkaziladigan UEFA Millatlar ligasi guruh bosqiçining sönggi bahsida qatnaşmaydi.
Diaş va Palinya sariq kartoçkalari soni belgilangan me’yorga yetgani sababli uçraşuvni ötkazib yuboradi. Bernardu Silva esa tibbiy körikdan söng öyinga tayyor emas deb topildi.
Portugaliya 5-turda Daniyaga 1:4 hisobida yutqazgan edi. Jorje Jezus boşçiligidagi terma jamoa Uelsga qarşi bahsga 24 nafar futbolçi bilan tayyorgarlikni davom ettirmoqda.