Banklar "Mançester Siti" transferlarini moliyalaştirişdan boş tortmoqda
Gap asosan "Mançester Siti"ga futbolçi sotgan klublarga kredit ajratadigan moliyaviy taşkilotlar haqida ketmoqda.
Angliyaning "Mançester Siti" klubi moliyaviy qoidabuzarliklar yuzasidan kutilayotgan jazo sabab transfer bozorida yangi muammolarga duç kelmoqda.
Bloomberg agentligining xabar berişiça, ayrim banklar klub bilan boğliq transfer bitimlarini moliyalaştirişdan tiyila boşlagan. Bunga Angliya Premyer-ligasi tomonidan qöllanişi mumkin bölgan sanksiyalar yuzasidan noaniqlik sabab bölmoqda.
Gap asosan "Mançester Siti"ga futbolçi sotgan klublarga kredit ajratadigan moliyaviy taşkilotlar haqida ketmoqda. Odatda bunday banklar transfer uçun kelişilgan mablağning katta qismini sotuvçi klubga oldindan taqdim etadi va keyinçalik tölovlarni undiradi.
Biroq hozirgi vaziyatda kreditorlar ehtimoliy moliyaviy xavflarni hisobga olib, yangi bitimlarga kirişişga şoşilmayapti.
Avvalroq mustaqil komissiya "Mançester Siti"ni Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buziş bilan boğliq 115 ta ayblovning 114 tasi böyiça aybdor deb topgan edi.
Qoidabuzarliklar orasida moliyaviy hisobotlarda notöğri ma’lumotlar taqdim etiş, tijoriy kelişuvlar orqali daromadlarni sun’iy oşiriş, futbolçi va murabbiylarga tölovlarni yaşiriş hamda moliyaviy nazorat talablariga rioya qilmaslik holatlari mavjud.
"Mançester Siti" mazkur qarorga rozi bölmay, apellyatsiya şikoyati kiritgan.
Xabarlarga köra, apellyatsiya muhokamasi dekabr oyida ötkazilişi, uning natijasi esa 2027-yil boşida ma’lum bölişi kutilmoqda.
Agar klubning şikoyati qanoatlantirilmasa, keyingi bosqiçda unga nisbatan qanday jazo qöllanişi alohida körib çiqiladi.
Hozirça "Mançester Siti"ga nisbatan yakuniy sanksiya e’lon qilinmagan. Ammo yuzaga kelgan noaniqlikning öziyoq klub bilan boğliq transfer operatsiyalariga ta’sir körsata boşlagan.