Holand 52 yildan beri heç bir yevropalik futbolçi erişmagan natijani qayd etdi
Holand uşbu natijaga UEFA Millatlar ligasi doirasida Uelsga qarşi ötkazilgan uçraşuvda erişdi.
Norvegiya milliy terma jamoasi hujumçisi Erling Holand 1974-yilda germaniyalik afsonaviy futbolçi Gerd Myuller qayd etgan tarixiy natijani takrorlaşga muvaffaq böldi.
Stats Foot ma’lumotlariga köra, 26 yoşli hujumçi Norvegiya terma jamoasi safidagi dastlabki 60 ta uçraşuvida 66 ta gol urdi. Yevropalik futbolçilar orasida bunday samaradorlik sönggi bor 52 yil avval Gerd Myuller tomonidan qayd etilgan edi.
Holand uşbu natijaga UEFA Millatlar ligasi doirasida Uelsga qarşi ötkazilgan uçraşuvda erişdi. Norvegiya 3:1 hisobida ğalaba qozongan bahsda yulduzli hujumçi penaltini aniq amalga oşirib, terma jamoadagi gollari sonini 66 taga yetkazdi.
Şu tariqa, Holand 1974-yildan buyon milliy terma jamoa safidagi dastlabki 60 ta öyinida 66 ta gol urişga muvaffaq bölgan ilk yevropalik futbolçiga aylandi.
Norvegiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini 17-noyabr kuni safarda Daniyaga qarşi ötkazadi.