Partiya deputatlik guruhlari faoliyati ijobiy baholandi
Andijonda "Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasida Özbekiston "Adolat" SDP Andijon viloyat kengaşi hamda Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi viloyat hududiy bölinmasi hamkorligida "Adolat" SDPning mahalliy kengaşlardagi deputatlik guruhlari faoliyatini yanada kuçaytiriş masalalariga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.
Tadbirda mahalliy Kengaşlardagi partiya deputatlik guruhlari rahbarlari, hududiy Kengaşlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Unda mahalliy vakillik organlarida “Adolat” SDP deputatlik guruhlarining qonun ijodkorligi va nazorat faoliyatini yanada kuçaytiriş, aholi manfaatlarini himoya qilişda partiya saylovoldi dasturi ijrosini taʼminlaş hamda mahalliy kengaşlar kotibiyatlari bilan hamkorlikning samarali mexanizmlarini yölga qöyiş masalalari muhokama qilindi.

Seminarda deputatlik guruhlarining mahalliy Kengaşlar faoliyatidagi örni, aholi muammolarini hal etişdagi taşabbuslari va partiya dasturiy maqsadlarini hayotga tatbiq etiş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Ayniqsa, deputatlik sörovlari, nazorat-tahlil tadbirlari va kengaş sessiyalarida ilgari suriladigan taşabbuslar orqali aholi manfaatlarini himoya qilişga alohida eʼtibor qaratildi.
“Adolat” SDP Andijon viloyati kengaşi raisi örinbosari Malohatxon Musayeva partiya viloyat kengaşi, mahalliy kengaşlardagi partiya deputatlik guruhlari tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini qaror toptiriş borasida eʼtiborga molik işlar olib borilayotganligini taʼkidladi.

Demokratik jarayonlarni tahlil qiliş markazi viloyat bölinmasi rahbari Farhodbek Ataxanov öz sözida deputatlar faoliyati samaradorligi tahlili, şuningdek, partiya deputatlik guruhlari oldida turgan ustuvor vazifalar haqida gapirdi.
Qayd etilişiça, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar kengaşlaridagi partiya deputatlik guruhlari aʼzolari - 53 nafar deputat taşabbusi bilan joriy yilning ötgan 9 oyida mahalliy kengaşlarda 9 ta muhim qaror qabul qilindi. Eʼtiborlisi, uşbu qarorlarning barçasi partiyaning dasturiy maqsadlariga erişiş, aholi manfaatlarini himoya qiliş va jamoatçilik örganişlarining amaliy natijasi böldi.
Davra suhbati davomida iştirokçilar özaro fikr almaşdi, partiya va deputatlik guruhlari faoliyati samaradorligini yanada oşiriş yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirdi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri