Özbekistonning global ekologik hamkorlikdagi yangi taşabbuslari
Şu yil 10-11-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) va Jahon yetakçilari sammitida davlatimiz rahbari ham iştirok etib, nutq sözladi. Prezidentimiz öz nutqida global ekologik muammolar xavfini yumşatiş borasida bir qator muhim taklif va taşabbuslarni ilgari surdi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Navrözbek Yusupov öz munosabati va fikr-mulohazalarini bildirdi:
— Bugun insoniyat oldida turgan eng dolzarb va murakkab muammolardan – iqlim özgarişi, ekologik muvozanatning buzilişi, suv resurslari taqçilligi, yerlarning degradatsiyasi va biologik xilma-xillikning qisqarişi. Bu muammolar allaqaçon alohida davlatlar çegarasidan çiqib, butun insoniyatning barqaror taraqqiyoti, oziq-ovqat xavfsizligi va kelajak avlodlar taqdiriga bevosita taʼsir körsatmoqda.
Şu maʼnoda, 2026-yil 10-11-noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya şahrida bölib ötgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) va uning doirasida taşkil etilgan Jahon yetakçilari sammiti xalqaro ekologik hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş yölida muhim siyosiy maydon böldi.

Dunyoning 90 dan ortiq mamlakati rahbarlari, nufuzli xalqaro taşkilotlar hamda moliyaviy institutlar rahbarlari iştirok etgan mazkur anjumanda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nutqi mamlakatimizning global iqlim kun tartibidagi faol pozitsiyasi, ekologik masʼuliyati va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan qatʼiy siyosiy irodasini yana bir bor namoyon etdi.
Davlatimiz rahbari öz nutqida Özbekiston global iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş böyiça xalqaro saʼy-harakatlarni izçil qöllab-quvvatlayotganini, mamlakat taraqqiyotini «yaşil» texnologiyalar, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va ekologik barqarorlik tamoyillari asosida taşkil etayotganini alohida taʼkidladi. Bu, eng avvalo, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning strategik yönalişi özgarayotganini anglatadi. Endi iqtisodiy ösişni faqat işlab çiqariş hajmi, investitsiyalar yoki yalpi içki mahsulot körsatkiçlari bilan emas, balki tabiiy resurslardan foydalaniş samaradorligi, energiya tejamkorligi va atrof-muhitga taʼsir darajasi bilan ham baholaş zarur.
Prezidentimiz tomonidan uglerod çiqindilarini kamaytiriş borasida mamlakatimiz oldiga qöygan yalpi içki mahsulot birligiga töğri keladigan issiqxona gazlari çiqindilarini 35 foizga qisqartiriş maqsadi muddatidan oldin bajarilgani hamda 2035-yilga qadar uşbu körsatkiçni 50 foizga yetkaziş böyiça yangi marra belgilangani qayd etildi.
Bu raqamlar şunçaki statistik körsatkiç emas. Ularning zamirida sanoatni modernizatsiya qiliş, energiya samaradorligini oşiriş, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini kengaytiriş va işlab çiqarişda ekologik toza texnologiyalarni joriy etişdek keng qamrovli vazifalar mujassam. Ayniqsa, yaqin tört yilda Özbekistonda qayta tiklanuvçi energiya manbalarining uluşini 54 foizga yetkaziş rejasi energetika sohasidagi transformatsiyaning muhim bosqiçi hisoblanadi. Quyoş va şamol energetikasi imkoniyatlaridan samarali foydalaniş nafaqat energiya taʼminoti barqarorligini mustahkamlaydi, balki atmosferaga zararli çiqindilar çiqarilişini kamaytiriş, yangi iş örinlari yaratiş va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga ham xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo şaroitida iqlim özgarişining eng jiddiy oqibatlaridan biri suv resurslari bilan boğliq muammolarda namoyon bölmoqda. Muzliklarning qisqarişi, daryolar suv oqimining özgarişi, qurğoqçilik va suvga bölgan talabning ortişi mintaqadagi ekologik hamda iqtisodiy barqarorlikka jiddiy taʼsir körsatmoqda. Şunday şaroitda Prezidentimiz tomonidan suv resurslaridan oqilona foydalaniş borasida amalga oşirilayotgan işlarga eʼtibor qaratilgani bejiz emas. Xususan, sönggi ön yilda iqtisodiyotimizda suv sarfi qariyb ikki baravarga kamaygani, havzalardan olinayotgan suv miqdori beş baravar qisqartirilgani, suğoriladigan yer maydonlarining 60 foizida suv tejovçi texnologiyalar joriy etilgani muhim natijalardir.
Bu boradagi islohotlarning ahamiyati şundaki, suvni tejaş faqat qişloq xöjaligi yoki irrigatsiya sohasining vazifasi emas. Bu – mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi, aholi farovonligi, sanoat rivoji va kelajakdagi iqtisodiy imkoniyatlarini taʼminlaşning asosiy şartlaridan biri. Şuning uçun ham tomçilatib va yomğirlatib suğoriş texnologiyalarini kengaytiriş, suv hisobini raqamlaştiriş, suv yöqotişlarini kamaytiriş, kanallarni modernizatsiya qiliş hamda aholi örtasida suvdan foydalaniş madaniyatini yuksaltiriş ustuvor vazifa bölib qolişi lozim.
Prezidentimiz nutqida yerlarni qayta tiklaş, örmonzorlar maydonini kengaytiriş va Orolböyi hududida amalga oşirilayotgan işlarga ham alohida urğu berildi. Mamlakatimizda örmonlar maydoni 6 million gektarga köpaytirilgani, uning uçdan bir qismi Orolböyi hududiga töğri kelişi ekologik tiklaniş borasidagi keng kölamli saʼy-harakatlarning muhim natijasidir.
Orol fojiasi nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uçun umumiy ekologik saboqdir. Qurib qolgan dengiz tubida hosil bölgan Orolqumdan kötarilayotgan tuz va çang böronlari inson salomatligi, tuproq unumdorligi, ösimlik va hayvonot dunyosiga salbiy taʼsir körsatmoqda. Şu bois, Orolböyida saksovulzorlar barpo etiş, çöllanişga qarşi kuraşiş, biologik xilma-xillikni tiklaş va aholi uçun qulay yaşaş muhitini yaratişga qaratilgan işlar nafaqat milliy, balki xalqaro ahamiyatga ega.
Sammitda ilgari surilgan muhim yönalişlardan yana biri çiqindilar bilan boğliq işlarni tizimli taşkil etiş masalasi. Özbekistonda 3 milliard dollardan ortiq investitsiya yönaltirilişi nazarda tutilgan «Çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş strategiyasi»ning joriy etilişi uşbu sohani tubdan isloh qilişga xizmat qiladi.
Bugun çiqindini faqat yöqotilişi kerak bölgan maişiy qoldiq sifatida qabul qiliş davri ötdi. Zamonaviy iqtisodiyotda çiqindini saralaş, qayta işlaş va undan ikkilamçi xomaşyo sifatida foydalaniş katta iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy etiş orqali tabiiy resurslar sarfini kamaytiriş, yangi işlab çiqariş tarmoqlarini şakllantiriş, ekologik tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi bandligini taʼminlaş mumkin. Buning uçun çiqindilarni saralaş tizimini kengaytiriş, qayta işlaş korxonalari faoliyatini qöllab-quvvatlaş, zamonaviy poligonlar taşkil etiş va işlab çiqaruvçilarning ekologik masʼuliyatini kuçaytiriş muhim.
Prezidentimiz nutqida yoşlar masalasiga alohida eʼtibor qaratilgani katta siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, mamlakatimizda bolalarning ekologik tarbiyasi oila, mahalla va maktabdan boşlanadi. Suvni tejaş, daraxtlarni parvariş qiliş, atrof-muhitni toza saqlaş kabi hayotiy könikmalar yoş avlod ongiga bolalikdan singdirilişi zarur.
Darhaqiqat, ekologik madaniyatni faqat tarğibot tadbirlari yoki qonun talablari bilan şakllantirib bölmaydi. U insonning kundalik hayoti, dunyoqaraşi va şaxsiy masʼuliyatining ajralmas qismiga aylanişi kerak. Bugun mamlakatimiz aholisining har beşinçi fuqarosi maktab öquvçisi yoki talaba ekani qayd etilgani bu yönalişdagi vazifalar kölamini yanada yaqqol namoyon etadi. Demak, bugun taʼlim olayotgan yoşlarning ekologik ongi va madaniyatiga kiritilayotgan sarmoya kelajakda butun jamiyatning tabiatga munosabatini belgilaydi. Şu nuqtai nazardan, maktabgaça taʼlim taşkilotlaridan boşlab oliy taʼlim muassasalarigaça bölgan barça bosqiçlarda ekologik taʼlimni kuçaytiriş, «Yaşil makon» umummilliy loyihasi doirasida yoşlar iştirokini kengaytiriş, ekologik volontyorlik harakatini qöllab-quvvatlaş va taʼlim muassasalarida amaliy ekologik loyihalarni köpaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, daraxt ekişning özi yetarli emas, uni parvariş qiliş, asraş va kelajak avlodga soğlom tabiatni qoldiriş masʼuliyatini ham yoşlar ongiga singdiriş lozim.
Antaliya sammitida ilgari surilgan eng muhim taşabbuslardan biri – Markaziy Osiyoda mintaqaviy iqlim integratsiyasi modelini rivojlantiriş taklifi. Bu taşabbusning ahamiyati şundaki, mintaqadagi ekologik muammolar davlat çegaralarini tan olmaydi. Muzliklarning erişi, suv resurslarining kamayişi, çöllaniş, havo ifloslanişi va transçegaraviy ekologik xavf-xatarlar barça mamlakatlarga birdek taʼsir körsatadi.
Şunday ekan, uşbu muammolarga qarşi kuraşişda har bir davlatning alohida saʼy-harakatlari bilan çeklanib qoliş mumkin emas. Mintaqaviy hamjihatlik, özaro işonç va ilmiy-texnologik hamkorlik zarur. Davlatimiz rahbari taklif etgan mintaqaviy iqlim integratsiyasi modeli uçta muhim yönalişni qamrab oladi.
Birinçisi – axborot hamkorligi. Jahon meteorologiya taşkiloti kömagida iqlim xavf-xatarlari töğrisidagi maʼlumotlar almaşinuvi infratuzilmasini yaratiş taklifi mintaqada yagona ekologik monitoring va erta ogohlantiriş tizimini şakllantiriş uçun muhim asos böladi.
Ikkinçisi – texnologik hamkorlik. «Eco Expo» körgazmasini mintaqamiz ehtiyojlariga mos zamonaviy ekologik yeçimlar, innovatsiyalar va investitsiyalar maydoniga aylantiriş taşabbusi davlatlar örtasida texnologiyalar transferi va ilğor tajriba almaşinuvini rağbatlantiradi.
Uçinçisi – moliyaviy hamkorlik. Taraqqiyot banklari va maqsadli jamğarmalar bilan birgalikda imtiyozli grantlar, «moviy» va «arid» moliyalaştiriş mexanizmlarini işlab çiqiş taklifi mintaqada ekologik loyihalarni moliyalaştiriş imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayniqsa, iqlim özgarişiga moslaşiş, suv infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, yerlarni tiklaş va biologik xilma-xillikni saqlaş kabi yönalişlarda moliyaviy resurslarni safarbar etiş muhim ahamiyatga ega. Uşbu uç yönalişni özaro uyğunlaştiriş orqali Markaziy Osiyoda ekologik xavf-xatarlarni oldindan baholaş, ularning oqibatlarini yumşatiş va umumiy ekologik xavfsizlikni taʼminlaş böyiça samarali mintaqaviy mexanizmni şakllantiriş mumkin.
COP31 doirasida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar Özbekistonning global ekologik jarayonlardagi faol iştirokini, milliy manfaatlar va umuminsoniy qadriyatlar uyğunligiga asoslangan siyosatini yana bir bor namoyon etdi. Eng muhimi, mamlakatimiz ekologik muammolarga faqat bugungi kunning muammosi sifatida emas, balki kelajak avlodlar taqdiri, milliy taraqqiyot va mintaqaviy xavfsizlik bilan çambarças boğliq strategik masala sifatida yondaşmoqda. Bugungi vazifa – belgilangan maqsadlarni aniq amaliy natijalarga aylantiriş, xalqaro taşabbuslarni milliy va mintaqaviy loyihalar bilan uyğunlaştiriş hamda ekologik masʼuliyatni har bir fuqaroning kundalik hayot meʼyoriga aylantirişdan iborat.
Prezidentimiz nutqida belgilangan maqsad va taşabbuslar mamlakatimizda ekologik islohotlarning yangi bosqiçini boşlab beriş bilan birga, parlament vakillari, siyosiy partiyalar hamda fuqarolik jamiyati institutlari oldiga ham muhim vazifalarni qöymoqda. Eng avvalo, ekologik qonunçilikni zamon talablariga muvofiq takomillaştiriş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş böyiça huquqiy mexanizmlarni kuçaytiriş, ekologik huquqbuzarliklarning oldini oliş va jamoatçilik nazoratini samarali taşkil etiş zarur. Zero, tabiatni asraş – bu şunçaki ekologik vazifa emas. Bu Vatanga sadoqat, inson salomatligiga ğamxörlik, milliy taraqqiyotga hissa va kelajak avlodlar oldidagi yuksak masʼuliyatdir.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA