Davlat va jamoat arbobi Bahriddin Murtazayeviç Röziyev vafoti munosabati bilan hamdardlik
Davlat va jamoat arbobi , Navoiy viloyatining sobiq hokimi, mehnat faxriysi Bahriddin Murtazayeviç Röziyev şu yil 11-noyabr kuni 76 yoşda vafot etdi.
B.Röziyev 1950-yil 23-avgustda Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumanida tuğildi. Örta maktabni tugatganidan söng mehnat faoliyatini Karmana tumani yöl qurilişi birlaşmasida avtoçilangar sifatida boşladi. Işlab çiqarişdan ajralmagan holda, Toşkent politexnika institutida muhandis-mexanik mutaxassisligi böyiça tahsil oldi. Keyinçalik Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida öqidi.
B.Röziyev Navoiy viloyatida köp yillar davomida yoşlar taşkilotlari va turli boşqaruv idoralarida masʼul vazifalarda işlab, özini tirişqoq va jonkuyar rahbar sifatida namoyon etdi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan dastlabki yillarda u Navoiy viloyati gazlaştiriş boşqarmasi boşliği, hududiy kommunal foydalaniş boşqarmasi boşliği, Konimex tumani hokimi kabi lavozimlarda samarali mehnat qilib, hudud aholisining turmuş şaroitini yaxşilaş, şahar va qişloqlarni obodonlaştirişga munosib hissa qöşdi.
Boşqaruv va taşkiliy işlar borasida katta salohiyatga ega bölgan B.Röziyev 2002-yilda Navoiy viloyati hokimi etib tayinlandi. Murakkab ötiş davrida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, sanoat va işlab çiqariş sohalarini kengaytiriş, iqtisodiyotga investitsiyalar jalb etiş, fermerlik harakatini şakllantiriş, vohaning eksport imkoniyatlarini oşiriş, aholini ijtimoiy himoya qiliş yölida jonbozlik körsatdi.
Ayniqsa, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini taşkil qiliş, Navoiy xalqaro aeroporti negizida xalqaro logistika markazini barpo etiş işlarida sidqidildan fidokorona mehnat qildi.
Yangi Özbekiston şaroitida faxriylar taşkilotining aʼzosi sifatida özining boy bilim va tajribasi, qimmatli maslahatlari bilan turli soha va tarmoqlarni rivojlantiriş, yoş iqtidorli kadrlarni tarbiyalaş, yoşlarimizni vatanparvarlik ruhida kamol toptirişga qaratilgan tadbirlarda, jamoat işlarida faol iştirok etdi.
Taniqli davlat va jamoat arbobi, samimiy va kamtarin inson, yoşlarning mehribon ustozi Bahriddin Röziyevning xotirasi qalblarimizda hamişa saqlanib qoladi.
Ş.Mirziyoyev, T.Norboyeva,
N.Ismoilov, A.Aripov, S.Turdiyev