Maktabga tayyorlov boğçada emas, maktab taʼlimi tizimida böladi
Mamlakatimizda maktabgaça tayyorlov tizimini takomillaştiriş maqsadida maktabga bir yillik majburiy tayyorlovni umumiy örta taʼlim tizimiga kiritiş böyiça taşabbus ilgari surilgan edi. Endilikda uşbu taşabbusning qonunçilikdagi huquqiy asosi yaratilmoqda.
“Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga maktabgaça va maktab taʼlimi tizimi integratsiyasini taʼminlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqilib, parlament quyi palatasiga kiritildi.
Unga köra, “Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida”gi, “Taʼlim töğrisida”gi qonunlarga maktabga bir yillik majburiy tayyorlovni umumiy örta taʼlim tizimiga kiritiş, uni maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlarida taşkil etiş, bolalarning mazkur tayyorlovdan ötiş huquqini kafolatlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.
Loyiha bilan taklif etilayotgan özgartişlar maktabgaça va umumiy örta taʼlim tizimlari integratsiyasini taʼminlaş, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlaş sifatini oşiriş, umumiy örta taʼlim tizimini xalqaro tajribaga muvofiq takomillaştirişga xizmat qiladi. Şu bilan birga, fuqarolarga xorijiy davlatlarda öqiş faoliyati uçun yanada qulay şaroitlar yaratadi.
Mazkur qonun loyihasi ayni paytda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat, sport va yoşlar masalalari qömitasi masʼulligida körib çiqilib, qömita va fraksiyalar muhokamasiga tayyorlanmoqda.
M.Komilova,
ÖzA