Özbekiston Rossiyaga qarşi öyinda 2:0 hisobida oldinda borayotgan bölsa-da, mağlubiyatga uçradi
Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida ötkazilgan bahsda Fabio Kannavaro şogirdlari dastlab ikki töp farqi bilan oldinga çiqib olgan bölsa-da, ustunlikni saqlab qola olmadi.
Özbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvida 2:3 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida ötkazilgan bahsda Fabio Kannavaro şogirdlari dastlab ikki töp farqi bilan oldinga çiqib olgan bölsa-da, ustunlikni saqlab qola olmadi.
Uçraşuvning 5-daqiqasida burçak zarbasidan keyin rossiyalik himoyaçi Melyoxin töpni öz darvozasiga kiritib yubordi va hisob oçildi.
Ikkinçi bölim boşlanişi bilan Özbekiston ustunlikni oşirdi. 46-daqiqada Behruz Karimov Matvey Safonov qöriqlayotgan darvozani çiroyli zarba bilan işğol qildi — 2:0.
Biroq uçraşuvning sönggi qismida Rossiya taşabbusni qölga oldi. 70-daqiqada Nikolay Komliçenko himoyaçilarimizning xatosidan foydalanib, hisobdagi farqni qisqartirdi.
76-daqiqada Komliçenko yana bir bor darvozamizni işğol qilib, dubl qayd etdi va hisobni tenglaştirdi — 2:2.
Oradan atigi uç daqiqa ötib, Aleksey Mirançuk Rossiyani oldinga olib çiqdi.
Şu tariqa, mehmonlar 70–79-daqiqalar oraliğida uçta gol urib, 0:2 hisobidagi mağlubiyatni 3:2 hisobidagi ğalabaga aylantirdi.
Qolgan daqiqalarda hisob özgarmadi va Özbekiston milliy terma jamoasi öz maydonida imkoniyatni boy berdi.
Xalqaro örtoqlik uçraşuvi
12-noyabr. Toşkent, «Paxtakor» stadioni.
Özbekiston – Rossiya — 2:3
Gollar: Melyoxin (5, avtogol), Karimov (46) — Komliçenko (70, 76), Mirançuk (79).