Özbekiston ayollar terma jamoasining Olimpiada saralaşidagi raqiblari ma’lum böldi
12-noyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida ötkazilgan marosim natijalariga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi "A" guruhidan joy oldi.
2028-yilda Los-Anjelesda bölib ötadigan Olimpiya öyinlarining ayollar futboli böyiça Osiyo mintaqasi saralaş bosqiçiga qur’a taşlandi.
12-noyabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur şahrida ötkazilgan marosim natijalariga köra, Özbekiston milliy terma jamoasi "A" guruhidan joy oldi.
Hamyurtlarimiz Olimpiada yöllanmasi uçun Yaponiya, Avstraliya va Xitoy Taypeyi terma jamoalariga qarşi kuç sinaşadi.
Saralaş bosqiçi guruhlari:
"A" guruhi:
Yaponiya
Avstraliya
Xitoy Taypeyi
Özbekiston
"B" guruhi:
KXDR
Janubiy Koreya
Xitoy
Filippin
Saralaş uçraşuvlari 2027-yil 19-apreldan 4-dekabrga qadar davom etadi. Har bir terma jamoa guruhdagi raqiblari bilan uy va safar tizimida jami 6 ta öyin ötkazadi.
Musobaqa reglamentiga köra, har ikki guruh ğolibi Los-Anjeles—2028 Olimpiadasiga töğridan-töğri yöllanmani qölga kiritadi.
Ikkinçi örinni egallagan jamoalar esa 2028-yil 28-fevral va 4-mart kunlari özaro pley-off bahslarida maydonga tuşadi. Uşbu qarama-qarşilik ğolibi Olimpiadaning yana bir yöllanmasi uçun Argentina terma jamoasiga qarşi qit’alararo saralaşda iştirok etadi.