Şomurodov: «Batrakov Rossiya futbolining katta yulduziga aylanişi mumkin»
21 yoşli Aleksey avgust oyida Moskvaning «Lokomotiv» klubidan «Galatasaroy»ga ötgan.
Özbekiston milliy terma jamoasi sardori va «Istanbul Başakşehir» hujumçisi Eldor Şomurodov Rossiyaga qarşi örtoqlik bahsi oldidan «Galatasaroy» yarim himoyaçisi Aleksey Batrakovning Turkiyadagi öyini haqida fikr bildirdi.
“Menimça, Aleksey hozir Turkiyada özini juda yaxşi körsatmoqda. Hammasi, avvalo, uning öziga boğliq. Öylaymanki, u Rossiya futbolining katta yulduziga aylanadi,” — deya Şomurodovning sözlarini keltirdi «RIA Novosti».
21 yoşli Batrakov avgust oyida Moskvaning «Lokomotiv» klubidan «Galatasaroy»ga ötgan. U Istanbul klubi safida 13 ta uçraşuvda olti gol urib, uçta golli uzatma bergan.
Özbekiston va Rossiya terma jamoalari 12-noyabr kuni Toşkentda örtoqlik uçraşuvida maydonga tuşadi. Valeriy Karpin şogirdlari 17-noyabr kuni Venesuelani qabul qiladi.