Özbek va tojik xalqlari örtasidagi munosabatlar yangi mazmun bilan boyib borayotgani eʼtirof etildi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli Raisi Rustami Emomali boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.
Unda Özbekiston va Tojikiston örtasida parlamentlararo aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Qonun ijodkorligi va parlament nazorati yönalişlarida tajriba almaşiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi, özaro işonçi va muntazam muloqoti tufayli tarixan yaqin bölgan özbek va tojik xalqlari örtasidagi munosabatlar yangi mazmun bilan boyitilgani eʼtirof etildi. Xususan, joriy yil 26 - 27-mart kunlari Tojikiston Prezidentining Özbekistonga amalga oşirgan davlat taşrifi hamda Oliy davlatlararo kengaşning birinçi yiğilişi ötkazilgani ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbollarini belgilab berdi.
R.Emomali ötgan yili Toşkentda ötkazilgan Parlamentlararo ittifoqning 150 - assambleyasi hamda joriy yil 4 - 6-sentabr kunlari Samarqandda bölib ötgan Yoş parlament aʼzolarining XII global konferensiyasi yuqori saviyada taşkil etilganini alohida eʼtirof etdi. Uşbu xalqaro tadbirlar yakunida qabul qilingan deklaratsiyalar parlamentlararo muloqotni rivojlantiriş va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaşga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

T.Noboyeva yaqinda Duşanbe şahrida ötkazilgan Markaziy Osiyo davlatlarining IV parlamentlararo forumi yuqori saviyada taşkil etilganini qayd etdi. Forum doirasida taşkil etilgan muhokamalar umumiy mintaqaviy masalalar yuzasidan parlamentlar pozitsiyalarini yaqinlaştiriş, özaro tajriba almaşiş va hamkorlikning yangi yönalişlarini belgilaşga xizmat qiladi.
Uçraşuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş, transport va çegaraoldi infratuzilmasini takomillaştiriş hamda Toşkent va Duşanbe şaharlari örtasida töğridan-töğri hamkorlikni yölga qöyiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Madaniy-gumanitar va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikni kengaytiriş, taʼlim, soğliqni saqlaş hamda aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş yönalişlarida tajriba almaşiş muhimligi qayd etildi.
Uçraşuv yakunida Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Tojikiston Respublikasi Majlisi Oli Majlisi milli örtasida 2027 - 2028-yillarga möljallangan hamkorlik böyiça "yöl xaritasi" imzolandi.
R.Emomali boşçiligidagi delegatsiya poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdi.
Mehmonlar markazning ilmiy-maʼrifiy faoliyati, noyob tarixiy eksponatlari hamda ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qöşgan beqiyos hissasini aks ettiruvçi ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanişdi.

Tojikiston parlamenti delegatsiyasi markazning boy tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş, islom sivilizatsiyasining jahon miqyosidagi örni va ahamiyatini keng tarğib etişdagi örnini eʼtirof etdi.
N.Abduraimova,
ÖzA