Xorijda işlaş imkoniyatlari kengaytiriladi
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev şu yil 2-noyabr kuni mehnat migratsiyasi hamda xorijda işlaş istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli öqitiş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Unda mehnat migratsiyasiga oid masalalar muhokama qilinib, sohadagi vazifalar belgilab berildi, bir qator yangi taşabbus va takliflar ilgari surildi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Baxtiyor Artiqov öz fikr-mulohazalarini bildirdi:
— Bugun dunyo aholisining qariyb 2 foizi yoki 168 milliondan ziyod insonlar taşqi migratsiyada faoliyat olib boryapti. Albatta, inson öz uyini taşlab, Vatanidan, oilasidan uzoqda işlaşi oson emas. Şu bois, davlatimiz rahbari çet elda işlayotgan vatandoşlarimiz haqida gapirar ekan, farzand kelajagi uçun tinmasdan mehnat qilayotgan bu insonlarni “haqiqiy mard insonlar” deb taʼkidlab ötdi.

Darhaqiqat, bugungi kunda raqobat yuqori bölgan mehnat bozorida munosib kadr, malakali mutaxassis bölmas ekan, mehnat bozorida öz örnini topiş juda qiyin bölaveradi. Qolaversa, raqobatli mehnat bozorida örin topişda til biliş darajasi eng asosiy masalalardan biridir. Çunki til biliş xorijiy mamlakatda öz ehtiyojlarini qondirişi, öz fikrini bildirişi natijasida yuqori daromadli iş topişning kafolatiga ham aylanişi mumkin.
Mana şu ikki muhim yönalişdagi masalalar yuzasidan davlatimiz rahbari mavjud muammolarni sanab ötdi va ularning yeçimi yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi. Xususan, xorijda işlaş imkoniyatlarini kengaytiriş masalasi. Bugungi kunda Özbekistonda mehnat migratsiyasi yönalişida 27 ta davlat bilan hamkorlik qiliş böyiça bitimlar tuzilgan. Joriy yilda esa yana 34 ta davlatda 287 ming nafar fuqaroni işga joylaştiriş imkoniyati mavjudligiga töxtalib ötildi.
Bu nima degani? Albatta, bugungi kunda juda köp xorijiy davlatlarda, ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida mehnat migrantlariga bölgan ehtiyoj yuqori. Albatta, mehnat migrantlariga ehtiyoj yuqori bölgan bir davrda fuqarolarni iş bilan taʼminlaş asosiy vazifa sifatida belgilandi.
Birgina Germaniya misolida oladigan bölsak, Germaniyadan 45 ming mutaxassis böyiça buyurtma kelib tuşgan. Ammo hozirgaça atigi ikki ming kişi işga joylaşgan, xolos. Bu böyiça ham aniq yönalişlar belgilab berildi.
Şuningdek, 2027-yilda har bir hududda, viloyatlarda yagona migratsiya markazlarini taşkil etiş, davlat-xususiy şeriklik hamda xususiy bandlik agentliklari faoliyatini rağbatlantiriş böyiça ham aniq yönalişlar belgilab berildi.
Bugungi kunda respublikamizda qirqdan ortiq xususiy bandlik agentliklari faoliyat olib boryapti. Xususiy bandlik agentliklari xuddi migratsiya agentliklari singari fuqarolarimizning çet elda munosib mehnat şaroitini yaxşilaş borasida faoliyat olib boryapti. Özbekiston fuqarolarini taşkiliy migratsiya böyiça mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun xorijiy davlatlarga işga yönaltiryapti.
Quvonarlisi, davlatimiz rahbari agentlik tomonidan işga joylaştiriladigan har bir fuqaro uçun agentlikka bir yarim million sömdan rağbatlantiriş puli berilişini ilgari surdi. Bu esa migratsiya agentliklari faoliyatini rağbatlantirişda muhim hisoblanadi.
Bir söz bilan aytganda, mazkur yiğlişda belgilab berilgan vazifalar, ilgari surilgan taşabbuslar fuqarolarni talab yuqori bölgan kasblarga tayyorlaş, qonuniy va yuqori daromadli iş bilan taʼminlaş hamda xorijda yurtdoşlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilişda dolzarb örin tutadi.
Muhtarama Komilova yozib oldi.
ÖzA