Jamoat xavfsizligini taʼminlaşning yangi mexanizmlari körib çiqildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasini zamon talablari asosida takomillaştiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Mamlakatimizda jamoat xavfsizligini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va mahallalarda barqaror ijtimoiy muhitni şakllantiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Jumladan, hududlarda xavfsizlik infratuzilmasi kengaytirilib, 263 mingta tanib oluvçi kamera, 70 mingta zamonaviy domofon va 22 mingta taşviş tugmasi örnatildi. Ijtimoiy profilaktika çoralari orqali 2,1 million nafar şaxsning muammolari manzilli hal etildi.
Natijada kriminogen vaziyati eng oğir bölgan 809 ta mahallaning 701 tasi uşbu toifadan çiqarildi. Qariyb 4,4 mingta mahalla “yaşil” toifada qolmoqda.
Şu bilan birga, jamiyatdagi özgarişlar, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanişi, kiberjinoyatçilik va boşqa zamonaviy tahdidlar huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini yangi bosqiçga olib çiqişni taqozo etmoqda.
Xususan, 2014-yilda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi töğrisida”gi qonunga ötgan davrda 20 dan ortiq özgartiriş kiritilgan bölsa-da, uning ayrim normalari bugungi talablarga javob bermay qolgan.
Şu munosabat bilan taqdimotda mazkur qonunni yangi tahrirda qabul qiliş böyiça işlab çiqilgan takliflar körib çiqildi.
Davlatimiz rahbari yangi qonun huquqbuzarlik sodir etilgandan keyin çora körişga asoslangan yondaşuvdan xavf-xatarlarni oldindan aniqlaş va bartaraf etişga qaratilgan proaktiv profilaktika modeliga ötişni taʼminlaşi zarurligini taʼkidladi.
Bugungi kunda huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan 14 ta davlat idorasi şuğullanayotgan bölsa-da, ularning vazifalari ayrim hollarda takrorlanmoqda, vakolatlari aniq çegaralanmagan. Taqdimotda profilaktika subʼektlari doirasini yana 7 taga kengaytiriş taklif qilindi.
Prezidentimiz bu taklifning maqsadga muvofiqligini aniq asoslaş, eng avvalo, har bir idoraning vazifasi, vakolati va javobgarligini belgilaş, ular örtasida samarali hamkorlikni taʼminlaş muhimligini qayd etdi.
Şuningdek, yangi tahrirdagi qonun loyihasida Huquqbuzarliklar profilaktikasi komissiyasining vakolatlarini qonun darajasida belgilaş nazarda tutilmoqda. Bunda davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, profilaktika çoralarining samaradorligini baholaş va monitoring qiliş mexanizmlarini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilgan.
Qonun loyihasida ilk bor profilaktikaning yangi yönalişlarini belgilaş, xususan, giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyatlar, kiberjinoyatçilik, uyuşgan jinoyatçilik, yaşirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarşi kuraşişda preventiv çoralarni kuçaytiriş nazarda tutilmoqda.
Qolaversa, ijtimoiy va viktimologik profilaktika mexanizmlarini takomillaştiriş, taʼlim muassasalarini profilaktika tadbirlari bilan keng qamrab oliş, jinoyatdan jabrlangan fuqarolarning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasini taʼminlaş böyiça yangi normalar ilgari surildi.
Bunda jinoyatdan jabrlanganlar va guvohlarning hayoti, soğliği hamda mol-mulkiga tahdid yuzaga kelganda ularning xavfsizligi va ijtimoiy himoyasini taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda kömaklaşgan fuqarolarni rağbatlantiriş közda tutilmoqda. Şu bilan birga, huquqbuzarliklarni keltirib çiqaruvçi sabablarni bartaraf etiş yuzasidan majburiy profilaktik körsatma berişning huquqiy asoslarini belgilaş taklif qilinmoqda.
Taqdimotda kriminogen vaziyatni baholaş va huquqbuzarliklarning oldini oliş çoralari samaradorligini nazorat qiliş tizimini takomillaştiriş masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Qayd etilganidek, hozirgi baholaş usullari asosan statistik maʼlumotlarga tayanadi. Jinoyatçilikka taʼsir qiluvçi ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetarliça tahlil qilinmaydi, mavjud axborot tizimlari özaro töliq integratsiyalaşmagan.
Şu bois, kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modelini joriy etiş taklif qilindi. Unga köra, ilk bor aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlarini ham inobatga oladigan “kriminogen barqarorlik indeksi”ni şakllantiriş közda tutilmoqda.
Buning uçun davlat idoralarining axborot resurslarini birlaştiradigan yagona kriminogen maʼlumotlar platformasini işga tuşiriş, sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida jinoyatçilik xavflarini tahlil qiliş va prognozlaş, kriminogen xaritalarni şakllantiriş rejalaştirilmoqda.
Mazkur mexanizmlar orqali hudud va mahallalardagi kriminogen vaziyat muntazam baholanib, xavf darajasiga qarab manzilli profilaktika çoralari belgilanadi. Masʼul idoralar faoliyati natijadorlik körsatkiçlari asosida baholanadi, muammolarni hal etiş yuzasidan taʼsirçan nazorat örnatiladi.
Davlatimiz rahbari huquqbuzarliklar profilaktikasi faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vazifasi bölib qolmasdan, barça masʼul idoralar, mahalla va jamoatçilikning hamjihatlikdagi faoliyatiga asoslanişi kerakligini taʼkidladi.
Har bir mahallada xavfsiz muhit yaratiş, huquqbuzarliklarni keltirib çiqarayotgan omillarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etiş, fuqarolar osoyiştaligini işonçli taʼminlaş ustuvor vazifa ekani körsatib ötildi.
Taqdimot yakunida mutasaddilarga qonun loyihasini bildirilgan fikr-mulohazalar asosida takomillaştiriş, profilaktika subʼektlarining vazifa va vakolatlarini aniq belgilaş, raqamli tahlil va monitoring mexanizmlarini joriy etiş böyiça topşiriqlar berildi. Kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modelini joriy etişni nazarda tutuvçi farmon imzolandi.