Noqonuniy "Umra" taşkil etmoqçi bölgan şaxs uşlandi
Samarqand şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi rahbari tegişli litsenziyasiz «Umra» ziyoratini taşkil etişni vaʼda qilib, fuqarolardan pul talab qilgani aniqlandi.
Maʼlum qilinişiça, firma rahbari «Umra» ziyoratini ado etiş istagida bölgan uç nafar fuqaroga safarni taşkil etiş hamda muqaddas qadamjolarda barça zarur şaroitlarni yaratib berişni vaʼda qilgan. Bu xizmatlar evaziga u 3 750 AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda firma rahbari oldindan kelişilgan mablağning 3 ming AQŞ dollarini olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olindi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv va protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, fuqarolardan şunga öxşaş qonunbuziliş holatlariga duç kelganda Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga xabar beriş söralmoqda. Murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.
ÖzA