Kadastr xodimlari mahkumlar bilan uçraşdi
Korrupsiya, mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş va boşqa qonunbuzarliklar inson hayotida qanday oğir oqibatlarga olib kelişi mumkin? Kadastr boşqarmasi xodimlari iştirokida jazoni ijro etiş koloniyasida taşkil etilgan profilaktik uçraşuvda ana şu savolga hayotiy misollar orqali javob izlandi.
Uçraşuv davomida xodimlar mahkumlarning yaşaş şaroitlari bilan tanişdi, ularning hayot yöli, sodir etgan huquqbuzarliklari va bugungi puşaymonliklari haqida suhbatlaşdi.
Mahkumlar öz qilmişlari oqibatida nafaqat ozodlikdan, balki oila bağrida yaşaş, ota-onasining xizmatida böliş, farzandlarining ulğayişini köriş kabi inson uçun eng qadrli imkoniyatlardan ham ayrilganini taʼkidladi.

Ularning aytişiça, koloniyada yaşaş uçun zarur şaroitlar yaratilgan bölsa-da, heç bir şaroit insonning erkin hayotini, yaqinlari bilan birga ötkazadigan vaqtini almaştira olmaydi.
Mahkumlar kadastr xodimlariga murojaat qilib, xizmat faoliyatida halollikni ustuvor biliş, noqonuniy manfaatlardan tiyiliş va har qanday vaziyatda qonun talablariga rioya etiş zarurligini uqtirdi.

Mazkur uçraşuvning asosiy maqsadi ham xodimlarga korrupsiyaning faqat huquqiy javobgarlik bilan çeklanmaydigan, insonning oilasi, kelajagi va butun hayotiga taʼsir körsatadigan oqibatlarini anglatişdan iborat.
Zero, mansab va xizmat vakolati şaxsiy manfaat yölida foydalaniladigan imkoniyat emas, balki xalq işonçi va masʼuliyatidir. Halollik esa har bir xodimning kundalik faoliyatidagi asosiy mezon bölişi lozim.
Ölmas Barotov, ÖzA muxbiri