Kattaqörğonda maʼrifat, ijod va ezgulik tadbirlari ötkazildi
Samarqand viloyatida «Özbekiston — öz-özimizniki!» şiori ostida ötkazilayotgan «Maʼrifat haftaligi» doirasida Kattaqörğon tumani va şahrida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ijodiy hamda xayriya tadbirlari taşkil etildi.
“Maʼrifat” tarğibotçilar jamiyati aʼzolari iştirokida ötkazilgan uçraşuvlar doirasida «Maʼrifat soati», «Isteʼdodlar davrasi», «Maʼrifat ulaşib», «Yaşil makon», «Yaxşilik karvoni» va «Millat fidoyilari» loyihalari amalga oşirildi.

Jumladan, Kattaqörğon tumanidagi Qöqsoy mahallasida joylaşgan 63-umumtaʼlim maktabida taşkil etilgan ijodiy uçraşuvda öquvçilar öz isteʼdodlarini namoyiş etdi. Maktab öquvçisi Maqsud Abdumurodovning jonli ijrosi iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Şuningdek, tuman markazidagi 15-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida ötkazilgan tadbirda Laylo Rahmatova pianino ijrosi bilan iştirok etdi. Çingiz Aytmatovning «Oq kema» asari asosida tayyorlangan sahna körinişi namoyiş etildi. Yoş ijodkorlarning şeʼrlari, Vatanni madh etuvçi kuy-qöşiqlari tadbirga kötarinki ruh bağişladi.

Haftalik doirasidagi «Maʼrifat ulaşib» loyihasi asosida olimlar, ziyolilar va ijodkorlar iştirokida mahalla ahli bilan uçraşuvlar ötkazilib, ularda ilm-maʼrifat, maʼnaviyat, yoşlar tarbiyasi va jamiyat taraqqiyotiga oid mavzularda suhbatlar taşkil etildi.
«Maʼrifat soati» doirasidagi muloqotlarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, inson qadrini uluğlaş, yoşlarni ilm olişga rağbatlantiriş hamda zamonaviy bilim va könikmalarni egallaş masalalariga eʼtibor qaratildi.
«Yaşil makon» loyihasi doirasida hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirilgan bölsa, «Yaxşilik karvoni» taşabbusi orqali ijtimoiy kömakka muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi. «Millat fidoyilari» loyihasi doirasida esa Vatan ozodligi va tinçligi yölida jon fido qilgan insonlar xotirasi yod etildi.

Tadbirlarda yoşlarning ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş, ularning adabiyot va sanʼatga qiziqişini oşiriş, vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
«Maʼrifat» tarğibotçilar jamiyati aʼzosi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi huzuridagi Yoşlar parlamenti aʼzosi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Nilufar Ergaşeva Kattaqörğon yoşlari bilan uçraşuvlar haqida öz taassurotlarini bildirdi.
— Kattaqörğonlik yoşlar bilan uçraşib, ularning isteʼdodi, intilişi va dunyoqaraşidan mamnun böldim. Bu yerda yoşlarning ilm-fan, sanʼat va ijodga qiziqişi, Vatanga bölgan muhabbati yaqqol namoyon böldi. Işonamanki, bugun ular uçun yaratilayotgan imkoniyatlar va körsatilayotgan eʼtibor kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan bilimli, taşabbuskor va isteʼdodli yoşlarning kamol topişiga xizmat qiladi, — dedi u.
Taʼkidlaş joizki, «Maʼrifat haftaligi» doirasidagi tadbirlar aholi, ayniqsa, yoşlarning maʼnaviy dunyosini boyitiş, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini yuksaltiriş, jamiyatda ezgulik, hamjihatlik va vatanparvarlik ğoyalarini keng tarğib etişga xizmat qilmoqda.
Dilobar Mamatova,
«Maʼrifat» tarğibotçilari jamiyati xodimi.
ÖzA