Oson daromad vaʼdasi ortidagi moliyaviy va ruhiy inqiroz
Tun yarmi. Stol ustida soçilib yotgan qarzni qaytariş haqidagi tilxatlar, telefon orqali bölayotgan döq-pöpisalar yigitning yuragini siqadi. Uning közlari qizargan, qöllari beixtiyor qaltiraydi. Xayolida esa bitta savol aylanadi. Endi nima qilaman?
Bir neça oy oldin u ham baʼzilar qatori telefondagi oddiy bir havolaga qiziqib kirgan. Dastlab ozgina pul tikib, kutilmaganda yutuqqa erişgan edi. Öşanda özini omadli hisobladi. Keyin yana tikdi, bu safar yutqazdi. Yöqotganini qaytariş uçun yana pul izladi. Bora-bora öyin uning vaqtinigina emas, fikrini, xotirjamligini, hatto orzu-umidlarini ham egallab oldi.
Endi esa qarzlari bir-biriga ulangan. Uydan köçaga çiqa olmaydi. Iç-içidan takror-takror bir ovoz keladi: «Qani endi öşa birinçi qadamni taşlamaganimda, qani endi özimni vaqtida töxtata olganimda!..» Uning köz oldidan ota-onasining mehr bilan boqqan nigohlari, işonib topşirgan pullari, kelajak haqidagi rejalari birma-bir ötardi. Endi heç qanday yutuq bu yöqotilgan işonçni qaytarolmasdek tuyulardi. U telefonni qöliga oldi. Yana öşa ilova, yana bir öyin, yana bir umid...
Eh, odamning ruhiyatida nimalar bölmaydi? U şu topda örtana-örtana, çöçigança uyğonib ketdi. Terga botgan, nafasi tezlaşgan edi. Hammasi tuş ekan! Bu bir tuş, lekin şu tuşdagi kabi kimningdir hayotida ayançli holatlar kuzatilayotgani ham haqiqat.
Afsuski, bu masala bugun jamiyat uçun juda dolzarb. Raqamli texnologiyalar imkoniyatlari kengaygani sari ulardan ğarazli maqsadlarda foydalaniş, xususan, onlayn qimor va bukmekerlik platformalarining ijtimoiy tarmoqlar orqali tarğib etilişi jiddiy ijtimoiy muammoga aylanmoqda. Bir qaraşda oddiy köngiloçar maşğulotdek körinadigan bu jarayon aslida insonni moliyaviy qaramlik, ruhiy iztirob va ijtimoiy inqiroz sari yetaklaşi mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi oson pul topiş, bir neça daqiqada boyib ketiş, kiçik mablağ evaziga katta yutuq kabi vaʼdalar, maşhur blogerlar iştirokidagi roliklar, sunʼiy ravişda namoyiş etilayotgan yirik yutuqlar yoşlarning eʼtiborini tortmoqda. Bunda eng xavfli jihat — qimorning oğir oqibatlari emas, balki faqat yutuqlar namoyiş etilişi, yutqaziş ehtimoli esa göyo mavjud emasdek tasvirlanişidir.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining maʼlumotlariga köra, dunyoda katta yoşli aholining taxminan 1,2 foizida qimor öyinlariga patologik qaramlik mavjud. Taşkilot qimorning zararli oqibatlari qatorida moliyaviy tanglik, ruhiy salomatlikning yomonlaşişi, oilaviy munosabatlarning buzilişi va hatto öz joniga qasd qiliş xavfining ortişini ham qayd etadi. Bu esa masalaga faqat iqtisodiy yöqotiş sifatida emas, balki jamoat salomatligi va ijtimoiy barqarorlikka daxldor muammo sifatida yondaşiş zarurligini körsatadi.
Qimorga qaramlik inson hayotiga bosqiçma-bosqiç kirib keladi. Avvaliga qiziqiş yoki köngiloçar maşğulot sifatida boşlangan jarayon vaqt ötişi bilan kundalik ehtiyojga aylanişi mumkin. Şaxs oila byudjetiga möljallangan mablağlarni, taʼlim yoki boşqa zarur xarajatlar uçun ajratilgan pullarni öyinga sarflay boşlaydi. Qarz oliş, yaqinlaridan pul yaşiriş, moliyaviy muammolarni berkitiş holatlari kuzatiladi. Buning ortidan tuşkunlik, asabiylik, xavotir, uyqu buzilişi va ijtimoiy munosabatlardan uzoqlaşiş kabi asoratlar kelib çiqadi.
Ayniqsa, hali mustaqil moliyaviy qaror qabul qiliş tajribasi yetarli bölmagan yoşlar uçun bu xavf yanada jiddiy. Çunki ularning hayotga bölgan qaraşlari, qadriyatlari va kelajak rejalari şakllanayotgan bir paytda tez boyiş ğoyasining ommalaşişi mehnat, bilim va halol daromad orqali muvaffaqiyatga erişiş tamoyillariga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.

— Qimor va bukmekerlikka qaramlikni oddiy bir odat yoki irodasizlik oqibati deb baholaş töğri emas, — deydi psixolog Pardaxol Haydarova. — Bu insonning ruhiy holati, tafakkuri, xulq-atvori va kundalik hayotiga jiddiy taʼsir körsatadigan murakkab qaramlikdir. Öyin jarayonida miyada dofamin bilan boğliq mukofotlaş tizimi faollaşadi. Ayniqsa, kutilmagan yutuq va yutuqqa bölgan umid insonda kuçli hayajon uyğotib, uni yana öynaşga undaydi. Vaqt ötişi bilan kişi pul yutişdan köra, öşa hayajonni qayta his qiliş uçun ham öyinga intiladi. Natijada moliyaviy yöqotişlar, qarzdorlik, oilaviy nizolar va ijtimoiy munosabatlarning buzilişi kuzatiladi. Bunday qaramlikdan qutuliş mumkin, ammo bu faqat «boşqa öynamayman» degan vaʼda bilan hal böladigan muammo emas. Buning uçun insonning özi muammosini tan olişi, yaqinlari esa unga töğri yordam körsatişi muhim. Eng töğri yöl — muammoga jazolaş kerak bölgan illat sifatida emas, balki mutaxassis yordamini talab qiladigan qaramlik sifatida yondaşişdir. Şuning uçun psixolog yoki qaramlik bilan işlaşga ixtisoslaşgan mutaxassisga öz vaqtida murojaat qiliş zarur. Oila aʼzolarining qöllab-quvvatlaşi, moliyaviy çegaralar örnatilişi va professional psixologik yordam birgalikda amalga oşirilsagina, insonning bu qaramlikdan xalos bölişi va odatiy hayotga qaytişi uçun mustahkam asos yaratiladi.
Onlayn bukmekerlikning ayançli oqibatlariga Özbekistonda ham misollar bor. Internet naşrlaridan birida toşkentlik fuqaroning hayotida yuz bergan voqea bayon qilingan. Uning aytişiça, hammasi dastlab 400 ming söm pul tikişdan boşlangan. U bor-yöği 15 daqiqa içida 400 ming söm pulini 800 ming sömdan oşirgan, bir yarim soat içida esa qariyb 2 million sömni qölga kiritgan.
Biroq sakkiz oy ötib, vaziyat butunlay özgargan. Özining, turmuş örtoğining va yaqin tanişining nomiga olingan kreditlar hisobidan jami 90 million söm qarz töplangan. U ijaraga olib işlatib kelgan avtomobilidan ayrilgan, uy haqini tölaşga ham imkoni qolmagan. Eng açinarlisi, qarz sörab yuriş va vaʼdalarini bajara olmaslik tufayli yaqinlarining işonçini ham yöqotgan. Bu voqea onlayn bukmekerlik ortida faqat pul yöqotiş emas, balki oilaviy munosabatlar buzilişi, qarzdorlik va inson hayotining izdan çiqişi kabi jiddiy muammolar turganini körsatadi.
Qayd etiş joizki, onlayn qimor global miqyosdagi ulkan moliyaviy imperiyaga aylanib ulgurdi. 2026-yilgi maʼlumotlarga köra, dunyo böylab onlayn qimor bozorining kapitallaşuvi 143 milliard dollardan oşib ketgan. Uşbu moliyaviy mexanizmning ortida barbod bölayotgan ön minglab taqdirlar yotibdi. Hozirga kelib onlayn qimor imperiyasi odamlarni özining global «örgimçak töri»ga ilintiriş uçun sunʼiy intellekt va neyromarketing texnologiyalaridan keng foydalanmoqda.
Foydalanuvçi öz smartfonida qimorga pul tikayotgan lahzada dunyoning boşqa bir çekkasidagi superkompyuterlar uning xulq-atvorini sekundiga millionlab marta tahlil qilib, qaysi vaqtda «yutuq illyuziyasi»ni berişni hisoblab çiqadi.
Uşbu botqoqning çuqurlaşib borayotganiga sabab bölayotgan yana bir oğriqli nuqta bor. U ham bölsa, ijtimoiy tarmoqlarda minglab, millionlab obunaçilarga ega bölgan ayrim blogerlarning öz kuzatuvçilari orasida muntazam ravişda onlayn qimorni tarğib qilişidir. Eng açinarlisi, ular bu halokatli öyinlarni «baxtli hayot kaliti» sifatida taqdim etib, öz vatandoşlarining fojiasi ustiga hayotini qurişdan uyalişmayapti.
Raqamli ekranlar ortidagi yaltiroq dunyoning haqiqiy bahosi baʼzan inson hayoti bilan ölçanadi. Dunyo miqyosida ötkazilgan tadqiqotlar şuni körsatadiki, onlayn qimorga qaram bölgan insonlar örtasida öz joniga qasd qiliş darajasi boşqa har qanday turdagi tobelikka nisbatan bir neça barobar yuqori. Sönggi bir neça yil içida mamlakatimizdagi ommaviy axborot vositalari orqali onlayn qimor sababli yuz bergan önlab mudhiş holatlar haqidagi xabarlarga közimiz tuşgani ham bor gap.
Özbekistonda uşbu yönalişda huquqiy tartibga soliş mexanizmlari takomillaştirilmoqda. Prezidentning 2024-yil 19-apreldagi tegişli farmoniga muvofiq, bu borada aniq tartiblar joriy etildi. Şu bilan birga, «Reklama töğrisida»gi qonunning 46-moddasida qimor öyinlari va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni, jumladan, internet orqali taşkil etiladigan turlarini reklama qiliş taqiqlangan.

— Bugungi kunda onlayn qimor va bukmekerlik xizmatlari, asosan, blogerlar hamda Telegram kanallari orqali tarğib qilinmoqda, — deydi Özbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boş ilmiy xodimi Umid Mirzatillayev. — Bunda promokod, bonus va «birinçi depozitga sovğa» kabi takliflardan foydalaniladi. Jumladan, Raqobat qömitasi «Melbet» brendini tarğib qiluvçi videolarni tarqatgan ikki blogerni maʼmuriy javobgarlikka tortgan. Şuningdek, qalbaki yutuq skrinşotlari, soxta akkauntlar, maşhur şaxslar nomidan tayyorlangan dipfeyk videolar va «kafolatlangan yutuq» vaʼdalaridan foydalanib, fuqarolarni aldaş holatlari ham uçramoqda. Ayrim soxta platformalarda yutuqni yeçib oliş uçun «soliq» yoki «komissiya» tölaş talab qilinadi. Telegram orqali tarqatiladigan zararli APK-ilovalar esa fuqarolarning bank kartalari va şaxsiy maʼlumotlari xavfsizligiga tahdid soladi.
Biroq huquqiy meʼyorlarning mavjudligi muammo öz-özidan bartaraf böladi degani emas. Internet makonida şubhali platformalar, qimor öyinlarini tarğib qiluvçi sahifalar va turli aldov vaʼdalarini hamon uçratiş mumkin. Şu bois ijtimoiy tarmoqlar maʼmuriyati, ommaviy axborot vositalari, taʼlim muassasalari, mahalla va ota-onalarning ham masʼuliyatini oşiriş talab etiladi.
Muammoning oldini olişda aholi örtasida moliyaviy va raqamli savodxonlikni oşiriş, yoşlarga onlayn qimor platformalarining psixologik taʼsir usullari hamda ehtimoliy oqibatlarini tuşuntiriş muhim. Ota-onalar farzandlarining internetdan foydalaniş madaniyatiga eʼtibor qaratişi, ular bilan pul, daromad, tavakkalçilik va şaxsiy masʼuliyat haqida oçiq muloqot qilişi lozim. Zotan, ota-bobolarimiz azaldan birovni aldab yoki muttahamlik yöli bilan uning mulkiga ega çiqişdan qaytarib, faqat halol mehnat orqali rizq topişni uqtirib kelgan. Qimor esa aynan şu azaliy qadriyatlarga zid, insonni tubanlikka yetaklovçi illatdir.
Maqola avvalidagi yigitning qarz va puşaymonlik iskanjasidagi öşa dahşatli tuşini yodga oling. Bugun öz vaqtida ogoh bölmasak, raqamli makondagi bu «örgimçak töri»ga qarşi birgalikda kuraşmasak, şu oğir tuşni haqiqatga aylantirayotgan taqdirlar soni ortaveradi.
Nurillo NASRIYEV,
ÖzA şarhlovçisi