Navoiyda bayram tadbiri
Navoiy şahridagi “Farhod” madaniyat saroyida “11-noyabr – Özbekiston Kasaba uyuşmalari kuni” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötdi.
Unda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Boşqaruvi raisi – Boş direktori Quvondiq Sanaqulov sözga çiqib, mamlakatimizda olib borilayotgan keng kölamli islohotlar natijasida barça sohalarda ulkan özgarişlar yuz berayotgani, Yangi Özbekiston “Inson - jamiyat - davlat” tamoyili asosida taraqqiyotning yangi bosqiçiga qadam qöyayotgani, uşbu islohotlarning boş maqsadi - inson qadrini uluğlaş, aholi farovonligini oşiriş, har bir fuqaro uçun munosib hayot va mehnat şaroitlarini yaratiş ekanligini taʼkidladi.

Bugungi kunda kombinat tizimidagi korxonalarda işçi-xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ular uçun munosib mehnat va turmuş şaroitlarini yaratib berişga alohida eʼtibor qaratilgan.
Ayni paytda Navoiy kon-metallurgiya kombinati kasaba uyuşmalari Kengaşi tarkibidagi 7 ta birlaşgan kasaba uyuşmasi qömitasi 72 ming nafardan ortiq aʼzoga ega.
Hozirda 6 ta madaniyat maskanida 7 ming nafarga yaqin, 9 ta sport maskanida esa 10 ming nafarga yaqin işçi-xodimlar, ularning oila aʼzolari va farzandlari sport bilan muntazam şuğullanmoqda. Yozgi taʼtil mavsumida 11 ta soğlomlaştiriş oromgohida esa 12,5 ming nafar bola mazmunli dam oldi va soğlomlaştirildi.

Joriy yilning ötgan töqqiz oyida işçi-xodimlar uçun sanatoriy hamda profilaktoriylarga 11,8 mingdan ortiq yöllanmalar ajratildi. “Qizilqum sanʼat ğunçalari”, “Qizilqum ovozi”, “Qizilqum ohanglari”, “Oltin meros” kabi tanlovlar esa isteʼdodlarni kaşf etişda muhim omil bölib xizmat qilmoqda.
Bayram tadbirida Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasiga yöllagan tabrigini Federatsiya raisi örinbosari Haydar Fozilov öqib eşittirdi.
Tadbirda 11-noyabr – Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan bir guruh kombinat xodimlari, kasaba uyuşma qömitalari vakillari “Konçilik şuhrati” kökrak nişoni, “NKMK faxriysi” unvoni hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.


Şuningdek, kombinat işçi-xodimlari örtasida ötkaziladigan anʼanaviy “Yilning eng faol yoş mutaxassisi”, “Işning eng yaxşi taşkilotçisi, qonun va qoidalar bilimdoni” körik-tanlovlarining ğoliblari hamda Özbekiston kasaba uyuşmalari kuniga bağişlab ötkazilgan “Otam, onam va men – ahil sportçilar oilasimiz” oilaviy sport musobaqasi, “Zakovat” intellektual öyini ğoliblari ham munosib rağbatlantirildi.

Bayram tadbirida “Farhod” madaniyat saroyi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar barçaga kötarinki kayfiyat ulaşdi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri