Litsenziyasiz "Umra": Samarqand va Gulistonda taşkilotçilar qölga olindi
Yurtimiz böylab “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari ötkazib kelinmoqda. Bu esa, öz navbatida köplab qonunbuziliş holatlari foş etilişi va ularning davomiyligiga çek quymoqda.
Barçamizga maʼlumki, “Umra” va “Haj” safarlarini taşkil etiş faqat tegişli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bölgan taşkilotlar tomonidan amalga oşirilişi mumkin. Uşbu sohadagi faoliyatni tartibga soliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-oktabrdagi 668-son qarori ham qabul qilingan.
Afsuski, bugungi kunda ayrim sayyohlik firmalari tegişli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bölmasdan, fuqarolarni “Umra” va “Haj” ziyoratlariga yuborişga urinayotgani kuzatilmoqda. Şunday qonunbuziliş holatlaridan biri Samarqand şahrida aniqlandi.
Xususan, içki turizm yönalişida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi xodimi tegişli litsenziya va ruxsatnomalarga ega bölmagan holda, uç nafar fuqaroni «Umra» ziyoratiga yuborişni vaʼda qilgan. Buning evaziga u har bir fuqarodan 1 200 AQŞ dollaridan, jami 3 ming 600 AQŞ dollari miqdorida pul talab qilgan.
DXX Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda mazkur şaxs 3600 AQŞ dollariни olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Xuddi şunday holat Guliston şahrida ham aniqlandi. Unda 1974 y.t. şaxs Toşkent şahrida faoliyat yurituvçi turfirma orqali 3 nafar fuqaroni muqaddas diniy amallarni bajariş uçun Saudiya Arabistoniga noqonuniy yuboriş evaziga jami 3300 AQŞ dollari va 1,2 mln söm olgan vaqtida DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamda IJQKDning viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.
Hamroz Bayonov,
ÖzA