Legionerlarimiz: Şomurodovning jamoasi safarda ğalaba qozondi, Husanovning «Siti»si yana mağlub böldi. «Traktor»da ğalaba, «Istiqlol»da durang
Keça 5 nafar hamyurtimiz öz klublarida navbatdagi uçraşuvlarini ötkazdi.
«Göztepe» — «Başakşehir» 1:2
Eldor Şomurodov va Abbosbek Fayzullayev töp surayotgan «Başakşehir» Turkiya Superligasining 11-turida «Göztepe» mehmoni bölib, 2:1 hisobida irodali ğalabaga erişdi.
Mezbonlar 18-daqiqada Xuanning goli evaziga oldinga çiqdi. Oradan tört daqiqa ötib Davie Zelke hisobni tenglaştirdi. 83-daqiqada esa Edin Vişça Istanbul klubiga ğalaba keltirgan golni urdi.
Şomurodov asosiy tarkibda maydonga tuşib, 86 daqiqa harakat qildi. Fayzullayev esa zaxirada qoldi.
«Başakşehir» ketma-ket ikkinçi ğalabasidan söng 17 oçko bilan 7-öringa kötarildi. «Göztepe»ning tört öyinlik ğalabali seriyasiga barham berildi.
➖➖➖
«Nottingem Forest» — «Mançester Siti» 3:1
Abduqodir Husanovning «Mançester Siti» jamoasi Angliya Premyer-ligasining 10-turida safarda «Nottingem Forest»ga 1:3 hisobida yutqazdi.
Jair Kunya 6-daqiqada hisobni oçdi, Liam Delap esa 18-daqiqada mezbonlarning ustunligini oşirdi. Rayan Şerki 52-daqiqada farqni qisqartirgan bölsa-da, Delap 73-daqiqada dublini rasmiylaştirib, yakuniy hisobni örnatdi.
Husanov uçraşuvni asosiy tarkibda boşladi va töliq ötkazdi.
«Siti» çempionatda ketma-ket uçinçi mağlubiyatini qabul qildi. Jamoa 21 oçko bilan 2-örinda qolgan bölsa-da, peşqadam «Arsenal»dan ortda qoliş 6 oçkoga yetdi.
➖➖➖
«Traktor» — «Xaybar Xurramobod» 2:0
Odiljon Hamrobekovning «Traktor» jamoasi Eron Pro-ligasining 12-turida «Xaybar Xurramobod»ni qabul qilib, 2:0 hisobida ğalaba qozondi.
Tabrizliklarning har ikki goliga Amirhusayn Husaynzoda mualliflik qildi. U 36 va 49-daqiqalarda raqib darvozasini işğol etdi.
Hamrobekov asosiy tarkibda maydonga tuşdi va 18-daqiqada almaştirildi. Hamyurtimiz gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
«Traktor» çempionatdagi ketma-ket ikkinçi ğalabasi evaziga oçkolari sonini 23 taga yetkazdi.
➖➖➖
«Istiqlol Xuziston» — «Istiqlol» 2:2
Jaloliddin Maşaripov va Rustam Aşurmatov töp surayotgan Tehronning «Istiqlol» jamoasi Eron Pro-ligasining 12-turida safarda 2:2 hisobida durang öynadi.
Birinçi bölimda hisob oçilmadi. Tanaffusdan söng jamoalar ikki martadan raqib darvozasini işğol qilib, oçkolarni bölişib oldi.
Maşaripov uçraşuvni asosiy tarkibda boşlagan. «Istiqlol» uşbu durangdan söng 21 oçko bilan 5-örinda joylaşdi.
Tehronliklarning çempionatdagi mağlubiyatsiz seriyasi davom etmoqda: jamoa 11 öyinda 5 ta ğalaba va 6 ta durang qayd etgan.