Superliga. «Neftçi» peşqadamlikni saqlab qoldi, «Paxtakor» ta’qibni davom ettirmoqda (27-turdan söng turnir jadvali)
5–8-noyabr kunlari ötkazilgan sakkizta bahsning yettitasida ğolib aniqlandi, bitta öyin esa durang bilan tugadi.
Özbekiston Superligasining 27-tur uçraşuvlari yakunlandi. 5–8-noyabr kunlari ötkazilgan sakkizta bahsning yettitasida ğolib aniqlandi, bitta öyin esa durang bilan tugadi.
Turning eng dramatik uçraşuvi Farğonada bölib ötdi. Çempionat peşqadami «Neftçi» öz maydonida OKMKni 2:1 hisobida mağlub etdi. Mehmonlar 88-daqiqada penaltidan hisobni oçgan bölsa, farğonaliklar 90 va 90+8-daqiqalarda ikkita gol urib, ğalabani ilib ketdi.
«Paxtakor» ham çempionlik poygasida muhim uç oçkoni qölga kiritdi. Toşkentliklar öz maydonida «Qöqon-1912»ni 3:1 hisobida yengdi.
«Navbahor» safarda «Qizilqum» ustidan 1:0 hisobida zafar quçib, uçinçi örindagi mavqeyini mustahkamladi.
«Nasaf» esa «Buxoro» mehmoni bölib, 90-daqiqada Oybek Rustamov tomonidan urilgan yagona gol evaziga ğalaba qozondi. Qarşiliklar uşbu natijadan keyin törtinçi poğonaga kötarildi.
Şuningdek, «Lokomotiv» «Andijon»ni 3:1, «Dinamo» «Söğdiyona»ni 3:1, «Xorazm» esa «Bunyodkor»ni 2:1 hisobida mağlub etdi. «Maş’al» va «Surxon» örtasidagi bahsda hisob oçilmadi.

