Superliga. «Neftçi» kambek qayd etdi, «Nasaf» safarda uç oçkoni qölga kiritdi
«Neftçi» 88-daqiqada penaltidan gol ötkazib yuborganiga qaramay, bahs yakunida vaziyatni özgartira oldi.
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 27-turida «Neftçi» va «Nasaf» öz uçraşuvlarini ğalaba bilan yakunladi.
Farğonada OKMKni qabul qilgan «Neftçi» 88-daqiqada penaltidan gol ötkazib yuborganiga qaramay, bahs yakunida vaziyatni özgartira oldi. Nurbek Sarsenbayev 90-daqiqada hisobni tenglaştirgan bölsa, Xurşid Ğiyosov 90+8-daqiqada ğalaba töpini kiritdi — 2:1.
«Nasaf» esa Buxorodagi bahsda mezbonlarni 1:0 hisobida mağlub etdi. 85-daqiqada «Buxoro» futbolçisi Sardor Qulmatov maydondan çetlatildi. Uçraşuvning 90-daqiqasida Oybek Rustamov kiritgan gol qarşiliklarga uç oçko keltirdi.
Uşbu natijalardan söng «Neftçi» 61 oçko bilan çempionat peşqadamligini mustahkamladi. «Nasaf» va OKMK hisobida 45 tadan, «Buxoro»da esa 42 oçko mavjud.