Legionerlarimiz bugun: «Lugano» peşqadamlikni mustahkamlaş, «Sabah» esa ğalabali yölga qaytiş uçun maydonga tuşadi
Bugun 5 nafar legionerimiz jamoalari uçraşuvlarda iştirok etadi.
Bugun, 8-noyabr kuni xorijda töp tepayotgan futbolçilarimizning jamoalari milliy çempionatlarda navbatdagi uçraşuvlarini ötkazadi.
«Rizespor» — «Erzurumspor»
⏰ 15:30 | Turkiya Superligasi, 11-tur
Husniddin Aliqulovning jamoasi öz maydonida «Erzurumspor»ni qabul qiladi. «Rizespor» sönggi turda «Kojaelispor» bilan golsiz durang qayd etdi. Jamoa 10 uçraşuvdan keyin 11 oçko bilan 13-örinda, raqibi esa 14 oçko bilan 11-poğonada bormoqda.
Mezbonlar çempionatdagi beş öyinlik ğalabasiz seriyasiga barham berişga harakat qiladi. Aliqulov esa tizzasidagi jarohati sabab uçraşuvni ötkazib yuborişi kutilmoqda.
«Sankt-Gallen» — «Lugano»
⏰ 18:00 | Şveysariya Superligasi, 13-tur
Behruz Karimov töp tepayotgan «Lugano» safarda «Sankt-Gallen»ga qarşi bahs olib boradi. «Lugano» çempionatdagi sönggi öyinida «Bazel»ni 2:1 hisobida mağlub etgan, hafta örtasida esa Konferensiyalar ligasida «Kauno Jalgiris» ustidan 3:0 hisobida ğalaba qozongan.
Jamoa 12 turda 11 ğalaba va bir durang qayd etib, 34 oçko bilan jadvalni başqarib turibdi. «Sankt-Gallen» esa 19 oçko bilan beşinçi örinda. Jamoalarning sentabrdagi uçraşuvida «Lugano» 4:1 hisobida zafar quçgan edi.
«Sabah» — «Şamaxi»
⏰ 18:30 | Ozarbayjon Premyer-ligasi
Umarali Rahmonaliyevning «Sabah»i öz maydonida «Şamaxi» bilan töqnaşadi. «Sabah» çempionatdagi sönggi uçraşuvida «Turan Tovuz»ga 2:3, Çempionlar ligasida esa «Viking»ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
«Sabah» 20 oçko bilan uçinçi örinda bormoqda va peşqadam «Neftçi»ga nisbatan ikki öyin kam ötkazgan. «Şamaxi» hisobida esa 13 oçko bor. Bugungi bahs Rahmonaliyev jamoasi uçun ğalabali yölga qaytiş va yuqori örinlar uçun kuraşni davom ettiriş imkoniyatidir.
«Ajman» — «Baniyas»
⏰ 20:30 | BAA Pro-ligasi, 8-tur
Aziz Ğaniyevning «Baniyas»i «Ajman» mehmoni böladi. Jamoa çempionatdagi sönggi bahsida «Al-Vasl»ga 0:2 hisobida yutqazgan.
«Baniyas» olti uçraşuvda bir oçko jamğarib, 14-örinda qolmoqda. Hozirça çempionatda ğalaba qozonmagan jamoa uçun safardagi uçraşuv jadvaldagi vaziyatini yaxşilaş jihatidan muhim. Bahs «Raşid bin Said» stadionida ötkaziladi.
«Baltika» — «Dinamo Maxaçqala»
⏰ 22:45 | Rossiya Premyer-ligasi, 14-tur
Mahmudjon Mahamadjonovning jamoasi Kaliningradda «Baltika»ga qarşi maydonga tuşadi. «Dinamo Maxaçqala» ötgan turda öz maydonida «Rostov»ga 0:3 hisobida mağlub bölgan va 13 öyindan keyin 13 oçko jamğargan.
«Baltika» esa sönggi turda «Akron»ni 2:1 hisobida mağlub etdi. Jamoalarning avgust oyidagi Rossiya kubogi uçraşuvi 1:1 hisobida yakunlangan. Bugungi bahs «Rostex Arena»da bölib ötadi.