Körinmas qotil! (+video)
Hidsiz va rangsiz uglerod oksidi inson hayotiga jiddiy xavf soladi. Undan zaharlaniş qisqa muddatda yoki sekinlik bilan rivojlanib, fojiali oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlaniş qisqa muddatda yoki sekinlik bilan röy berişi mumkin. Bu holat gaz konsentratsiyasiga boğliq. Agar gaz miqdori kam bölsa, insonda muşaklarning böşaşişi, boş aylanişi va oğrişi, kökrak qafasida oğriq, quloqlarda şovqin, eşitişning pasayişi, köngil aynişi, qusiş va uyquçanlik kuzatiladi.
Yuqori konsentratsiyadagi zaharlaniş tezda yuzaga çiqadi va xuşdan ketiş, tutqanoqlar hamda nafas töxtaşi bilan namoyon böladi. Eng xavflisi — nafas markazining falajlanişi oqibatida ölim holati yuz berişi mumkin. Ayrim hollarda zaharlanişdan 2–3 hafta ötgaç ham bemorning vafot etişi qayd etilgan.
Gaz hidini sezganda nima qiliş kerak?
Dastlab gaz bilan işlovçi şaxslarga (dispetçerga) xabar beriş;
Barça gaz kranlarini yopiş;
Oçiq olovdan foydalanmaslik;
Eşik va derazalarni oçib, xonani şamollatiş;
Elektr jihozlarini yoqmaslik yoki öçirmaslik.
Is gazidan zaharlanganda birinçi yordam
Jabrlanuvçini tezlik bilan toza havoga olib çiqiş;
Agar odam huşidan ketgan bölsa, naşatir spirtini hidlatiş;
Zarur hollarda sunʼiy nafas beriş, tanani işqalaş;
Iloji bölsa, issiq çoy yoki qahva içiriş;
Albatta tez yordam xizmatini çaqiriş.
Is gazidan zaharlanişdan ogoh böling!
Özingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qöymang.
Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxöja Ahmedov, ÖzA