Jizzaxda yangi iqtisodiy markazlarni boğlovçi yöllar barpo etilmoqda (+video)
Jizzax viloyati Foriş tumanida şakllanayotgan yangi energetika va sanoat markazlarining transport taʼminotini yaxşilaş maqsadida avtomobil yöllari va köpriklar qurilişi davom etmoqda. Xususan, Jizzax – Foriş yönalişida Sangzor daryosi ustidan yangi köprik barpo etilmoqda. Uşbu inşoot viloyat markazi bilan Foriş tumani örtasidagi transport aloqalarini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.
Jizzax viloyatida yirik energetika va sanoat loyihalarining amalga oşirilişi transport infratuzilmasiga bölgan talabni oşirmoqda. Ayniqsa, Foriş tumanida şakllanayotgan yangi iqtisodiy markazlar avtomobil yöllari tarmoğini takomillaştirişni taqozo etmoqda. Şu nuqtai nazardan, Jizzax – Foriş yönalişidagi yöl va köprik qurilişi strategik ahamiyat kasb etadi.
Viloyat hokimining örinbosari Şuhrat Jörayevning taʼkidlaşiça, bunday infratuzilma obʼektlarini barpo etişda nafaqat quriliş surʼati, balki loyihaviy talablarga rioya qiliş, mustahkamlik va xavfsizlik masalalari ham muhim ahamiyatga ega.
Viloyat hokimi örinbosari yangi inşootning texnik körsatkiçlariga töxtaldi.
– Barpo etilayotgan yangi köprik loyihasi texnik körsatkiçlari bilan ham eʼtiborga molik, – dedi Ş.Jörayev. – Inşootning uzunligi 60 metr, umumiy kengligi 34 metr etib belgilangan.

Loyiha buyurtmaçisi – Jizzax viloyati yöl boşqarmasi. Hujjatlari “DAY Loyiha” MÇJ tomonidan işlab çiqilgan. Quriliş işlarini esa “Ultra Beton” MÇJ amalga oşirmoqda.
Uşbu jarayon mamlakatimizda yöl xöjaligini rivojlantirişga qaratilgan davlat siyosatining uzviy qismi hisoblanadi. Prezidentimizning 2023-yil 10-oktabrdagi “Yöl xöjaligi sohasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori Jizzax viloyati avtomobil yöllarini rivojlantiriş böyiça aniq körsatkiçlarni belgilab berdi. Mazkur vazifalar Lex.uz portalida eʼlon qilingan hujjatning 5.4 - ilovasida öz aksini topgan.
Hujjatning 5.4 - ilovasiga muvofiq, 2023-2026-yillarda viloyatda jami 1811,1 kilometr avtomobil yölini quriş, rekonstruksiya qiliş va taʼmirlaş rejalaştirilgan. Uşbu işlar uçun 1 trillion 627 milliard 800 million söm mablağ yönaltirilişi belgilangan.

Şuningdek, qarorning 4.4 - ilovasida Jizzax viloyatida 34 ta köprik inşootini tiklaş nazarda tutilgan. Bu maqsadlar uçun jami 91 milliard 600 million söm mablağ ajratiş rejalaştirilgan. Mazkur körsatkiçlar yöl va köpriklar hududiy infratuzilmani rivojlantirişda alohida örin tutişini körsatadi.
Şuhrat Jörayev qayd etganidek, yöl xöjaligiga oid davlat dasturlarining amaliy natijasi, eng avvalo, aholi va tadbirkorlar uçun yaratiladigan qulayliklarda namoyon böladi.
– Davlat rahbarining Jizzax viloyatiga taşriflari çoğida ham transport infratuzilmasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, 2025-yil 2-dekabrdagi taşrif davomida viloyat markazini M-39 xalqaro avtomobil yöliga boğlovçi yangi inşootlar bilan tanişilgan edi, – dedi Şuhrat Jörayev.

Qariyb 290 milliard söm mablağ evaziga 700 metrlik yöl ötkazgiç va tört kilometrlik avtomobil yöli qurilgani maʼlum qilindi. Yangi yönaliş kuniga 14 mingdan ortiq transport vositasini ötkaziş imkoniyatiga ega. Ilgari 25 kilometrlik aylanma yöldan foydalangan haydovçilar uçun masofa tört kilometrga qisqardi.
Bu kabi loyihalar transport infratuzilmasini iqtisodiy taraqqiyot bilan uyğun rivojlantiriş zarurligini körsatadi. Zero, yangi işlab çiqariş quvvatlari va sanoat hududlarining samarali faoliyati işonçli yöl tarmoği bilan bevosita boğliq.
Foriş tumanidagi özgarişlar esa uşbu masalaning dolzarbligini yanada oşirmoqda. Bu yerda integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi qurilişi faol bosqiçga kirgan. Loyihaning umumiy qiymati 9 milliard 500 million dollarni taşkil etadi.

Davlat rahbariga 2026-yil 2-sentabrda tegişli maʼlumotlar taqdim etildi. Unga köra, AES qurilişida qariyb uç ming turdagi mahsulot va uskunalardan foydalaniş rejalaştirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, mahalliy mahsulotlar uluşi 21 foizni yoki 1 milliard 900 million dollarni taşkil etadi. Prezident uşbu körsatkiçni kamida 30 foizga yetkaziş vazifasini qöygandi.
Şuningdek, quriliş-montaj işlarining 65 foizini milliy korxonalar tomonidan bajariş va 7 ming nafar mahalliy işçi hamda mutaxassisni jalb etiş belgilangan. Şu maqsadda Foriş tumanida 200 gektar maydonda quriliş materiallari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan sanoat zonasini taşkil etiş taklif qilingan. Unda kamida 100 ta qöşma korxonani joylaştiriş rejalaştirilgan.
Viloyat hokimi örinbosari Şuhrat Jörayevning fikriça, yirik loyihalarning barqaror faoliyatini taʼminlaşda taşqi muhandislik va transport infratuzilmasini öz vaqtida barpo etiş muhim ahamiyat kasb etadi.

– AES qurilişi bilan birga, unga tutaş hududda yangi şaharça ham barpo etiladi. 200 gektar maydonda qariyb 33 ming aholiga möljallangan 10 mingga yaqin xonadon qurilişi rejalaştirilgan. Birinçi bosqiçda 3 mingta xonadon barpo etiladi. Şaharçada maktab va maktabgaça taʼlim muassasalari, tibbiyot, sport va madaniyat obʼektlari, dam oliş maskanlari hamda yaşil hududlar taşkil etiladi, – deydi Şuhrat Jörayev.
Darhaqiqat, bunday kölamdagi loyihalar transport taʼminotiga ham jiddiy talab qöyadi. Quriliş materiallari, maxsus texnika va işçi kuçining harakati uçun işonçli yöllar zarur. Kelgusida yangi şaharça aholisi va sanoat korxonalari faoliyati ham qatnov hajmini oşiradi. Demak, bugun barpo etilayotgan yöllar ertangi iqtisodiy faollikning muhim infratuzilmaviy asosiga aylanadi.
Forişning sanoat salohiyati faqat atom energetikasi bilan çeklanmaydi. 2024-yilda tumanda 500 megavatt quvvatli quyoş elektr stansiyasi qurilişi boşlangan. Loyihaning qiymati 350 million dollarga baholangan. Şuningdek, Foriş va Ğallaorol tumanlarida qand lavlagi yetiştiriş hamda qayta işlaş loyihasi amalga oşirilmoqda. Uşbu loyiha doirasida yiliga 200 ming tonnagaça şakar işlab çiqariş rejalaştirilgan. Forişdagi Uçquloç konida polimetall xomaşyosini özlaştiriş loyihasi ham hududning sanoat salohiyatini kengaytirişga xizmat qiladi.

Şu nuqtai nazardan, Jizzax – Foriş yönalişidagi avtomobil yölini kengaytiriş va taʼmirlaş işlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Jizzax şahridagi Şodlik mahallasidan Foriş tumaniga olib boruvçi yönalişda işlar qizğin davom etmoqda. Yöl Şarof Raşidov tumanidagi Suğdiyona mahallasi orqali ötadi. Uni kengaytiriş va taʼmirlaş hududlar örtasidagi qatnov şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan.
Albatta, yirik investitsiya loyihalarining samaradorligi faqat işlab çiqariş quvvatlari bilan belgilanmaydi. Ularning xomaşyo manbalari, mehnat resurslari va tayyor mahsulot bozorlari bilan boğlanişi ham muhim. Bu jarayonda avtomobil yöllari iqtisodiy aloqalarning uzluksizligini taʼminlaydi. Şu bois transport infratuzilmasini rivojlantiriş sanoatlaştiriş jarayonidan ortda qolmasligi kerak.
Endilikda asosiy eʼtibor qurilişlarning belgilangan muddatlarda yakunlanişiga qaratilişi lozim. Bunda loyiha talablariga rioya etiş, sifat nazorati va xavfsizlik masalalari muhim örin tutadi. Çunki zamonaviy yöl va köpriklar uzoq yillar davomida aholiga xizmat qilişi kerak.
Jizzax – Foriş yönalişida amalga oşirilayotgan işlarga ham ana şu mezonlar asosida baho beriş maqsadga muvofiq. Zero, Forişda şakllanayotgan yangi sanoat va energetika markazlari işonçli transport tarmoğini talab qiladi. Yöl infratuzilmasining bugungi rivoji ertangi iqtisodiy imkoniyatlar kölamini ham belgilaydi.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri