Javohir Sindorov: jahon şaxmat toji uçun kuraşdan zavq olişga intilaman
Keça, 22-noyabr kuni Şvetsariyaning Jeneva şahridagi BMT Millatlar saroyida 2026-yilgi şaxmat toji va unvoni uçun boşlanadigan bahs oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida amaldagi jahon çempioni Gukeş va daʼvogar Javohir Sindorov jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Matbuot anjumani doirasida, şuningdek, FIDE şaxmat toji va unvoni uçun ötkaziladigan musobaqaga qurʼa taşlaş marosimi taşkil etildi.
Qurʼa natijasiga köra, hamyurtimiz Javohir Sindorov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommarajuga qarşi birinçi partiyani oq donalarda ötkazadigan böldi.

Bevosita matbuot anjumaniga töxtaladigan bölsak, jurnalistlarning savollariga javob beriş asnosida hamyurtimiz Javohir Sindorov Nomzodlar turniridagi ğalabasidan keyingi olti oy vaqt u öylaganidan köra ança tez ötganini taʼkidladi.

-Jahon toji uçun kuraşiş imkoniyatiga ega bölganimda juda xursandman. Köp şaxmatçilar butun umr şaxmat öynab ham bunday muvaffaqiyatga ega böla olmaydi. Menga bu darajaga erişişim uçun Özbekistonda zarur şart-şaroit yaratib berilganligini, alohida eʼtibor qaratilganligini, davlatimiz tomonidan qöllab-quvvatlanganligimni aytişim kerak. Bundan çeksiz minnatdorman. Musobaqadan imkon qadar zavq olişga harakat qilaman, -dedi Javohir.
Gukeş esa öz navbatida çempionlik unvonini qaytadan qölga kiritiş uçun kelganligini bildirdi.
Jurnalistlar tomonidan Gukeşdan jahon çempionligi unvonini himoya qiliş uni qölga kiritişdan qiyinroqmi, deb berilgan savolga uning javobi qisqa va qatʼiy böldi:
-Bu yerga biror narsani himoya qiliş uçun kelganim yöq. Men unvonni qaytadan qölga kiritiş uçun kelganman, -deya fikr bildirdi.

Nomzodlar turniri oldidan öz imkoniyatini kiçik foiz hisobida yuqoriroq baholagan Javohirdan hozirgi matç uçun qanday nisbatni tanlaşini söraşganida, Sindorov “menimça, 50:50 deyiş töğri böladi. Bu juda qiyin matç va 14 ta partiya davomda har narsa röy berişi mumkin”ligini aytib ötdi.
Raqiblar bir-biri haqidagi savolga Gukeş Sindorovning barqaror va kuçli öyinini yuqori baholadi. Uning fikriça, Javohir hozir eng yaxşi formada va unga qarşi kuraşiş uning uçun haqiqiy sinov maydoni bölişiga köpçilikning eʼtiborini qaratdi.
Sindorov öz navbatida, Gukeşning 2024-yildagi natijalarini “fantastik” körsatkiç, deb atadi. Bu yil Tata Steel turnirida unga qarşi öynaganida raqibining naqadar kuçli ekanini his qilganini aytdi. Şuningdek, uning oxirigaça kuraşa olişini alohida eʼtirof qildi.
Javohir 2025-yilgi Nomzodlar turniridan keyin köp musobaqalarda qatnaşganini tajriba orttiriş istagi bilan izohladi. U faoliyatida bu darajadagi kuçli turnirlarda hali köp öynamaganini va öz qaroridan qoniqiş hissini töyganligini bildirdi. Gukeş esa jamoasi bilan bu yilgi turnirlar sonini kamaytirişga qaror qilgan.
Sindorovga Jenevadagi musobaqalar davomida kimlar yordam berişi xususidagi savolga Javohir matçga tayyorgarlikda Roman Vidonyak, Muhiddin Madaminov va Nikita Vitiugov yordam berayotganini maʼlum qildi. Jamoasining qolgan aʼzolarini öyinlardan keyin oçiqlaşini aytdi.
Gukeş esa Grjegoj Gajevski bilan işlayotganini tasdiqladi. U ham boşqa yordamçilari haqida keyinroq gapirişini bildirdi.
Bolalikda şaxmat bilan maşğul böliş uçun nimalardan voz keçgani haqidagi savolga Javohir öz isteʼdodiga doim işonganini, ammo 2025-yilgaça şaxmat ustida jiddiy şuğullanmaganligini bildirib, “har qanday öyinda doim ğalaba qozonişga intilganman. Şaxmat ustida jiddiy işlaşni boşlaganimdan keyin uning har bir holatiga eʼtiborim yanada kuçaydi”, deya fikr bildirdi.

U sönggi ikki yilda köp mehnat qilganini aytib, bolalarga sevgan sohasida tinimsiz işlaşini maslahat berdi. Gukeş esa bolaligida maktabga deyarli bormaganini, ammo öz hayotidan minnatdor ekanligini aytdi.
Gukeş har doim va hamişa öziga özi beradigan maslahatni iştirokçilarga aytdi: “Kimligingni unutma”. U bu sözlarni matç davomida ham eslab yurişini taʼkidladi.
Sindorov bunday vaziyat xususida töxtalib, qiyin paytlarda döstlari va oilasi birinçi bölib yordam qölini çözişini, yaqinlarining qöllovisiz yuqori natijalarga erişiş qiyinligini, faoliyati davomida bu hamjihatlik unga katta ruhiy quvvat bölganligini bildirdi.

Har ikki şaxmatçiga çempionlik kuraşida ğalaba qozonsa, nima qilişi haqidagi savolga Javohir çempionlikka erişsa, nima qilişi haqida hozirça heç qanday vaʼda bermasligini aytib, hozir butun eʼtiborini 20 kunlik musobaqaga qaratganligini bildirdi.
Eslatib ötamiz, joriy yil 12-dekabrga qadar davom etadigan Gukeş va Sindorov örtasidagi jahon çempionatining birinçi tur bahsi 24-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi.
Tölqin RÖZIYEV tayyorladi, ÖzA