Dzyudo: Jahon çempionati Özbekiston nomini xalqaro maydonda uluğladi
Toşkentda dzyudo böyiça jahon çempionati yakunlandi. Unda ğoliblar aniqlandi va Özbekiston brendi xalqaro sport hamjamiyati bilan köp yillik hamkorlikka yöl oçdi.
"Olimpiya şaharçasi"da zör muvaffaqiyat bilan taşkil etilgan musobaqaning dastlabki uç kunida yakkalik, keça aralaş jamoaviy bahslarda ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Aralaş jamoaviy bahslarda 16 davlat terma jamoalari jahon çempionati medallari uçun raqobatlaşdi. Murosasiz bahslar yakunida Yaponiya terma jamoasi çempionlikni qölga kiritgan bölsa, Rossiya kumuş, Braziliya va Fransiya terma jamoalari bronza medallariga egalik qildi.
Yakkalik bellaşuvlarda sovrinli örinlarni qölga kiritgan 25 ta davlat sportçilarining muvaffaqiyati tufayli beşta qitʼaning qator davlatlarida şu kunlarda Özbekiston nomi bot-bot tilga olinmoqdaki, bu, mamlakatimiz sportining şuhrati yana bir bor jahon uzra baralla yangrayotganidan dalolat, deyiş mumkin.
[gallery-32650]
Deyarli bir hafta davomida dunyo dzyudo poytaxtiga aylangan Toşkent 24-noyabrdan ösmirlar örtasidagi “Saber Taşkent Grand Prix Cadets 2026” turniriga mezbonlik qiladi.
Demak, yurtimiz sport ixlosmandlari qatorida dunyo dzyudo muxlislari uçun şiddatli bellaşuvlar zavqi, uning tegrasida keçadigan sport bayrami davom etadi.
Toşkent tatamisidagi musobaqalar öz raqamlari va medallar sonidan taşqari, yana bir bor dzyudoning global miqyosdagi taʼsirini va yoş sportçilarga eng yuqori darajada musobaqalaşiş imkoniyatini taqdim etgani bilan ahamiyat kasb etdi.
Bundan taşqari, mazkur jahon çempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi özbek sport liboslari, aksessuarlari va kundalik kiyimlari brendi “Saber” bilan köp yillik şartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Ayni hujjatning imzolanişi özbek sport liboslari xalqaro dzyudo olami va global sport hamjamiyati bilan aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqayotganining yorqin ifodasi böldi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer uşbu kelişuvni olqişlab, “Saber” Markaziy Osiyoda yaxşi tanilgan sport kiyimlari brendi ekanini taʼkidladi.
-Biz yangi Özbekistonning yangilikka intilayotgan milliy brendlari bilan hamkorlik örnatayotganimizdan mamnunmiz, - deya fikr bildirdi Marius Vizer.
Aytiş lozimki, yoşlar örtasidagi aralaş jamoaviy jahon çempionati bellaşuvlarida Özbekiston terma jamoasi şarafini himoya qilgan yoş dzyudoçilarimiz saralaş bellaşuvlarida muvaffaqiyatga erişmagan bölsa-da, ularning kuçli raqiblari bilan raqobatlaşgani katta tajriba töplaşiga, bu tajriba keyingi xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyat yöllari oçilişiga zamin yaratgani bilan qadrli.
Eslatib ötamiz, mamlakatimiz dzyudoçilari jahon çempionatida 1 ta oltin, 1 ta kumuş va 1 ta bronza medal bilan umumjamoada 5-örinni egalladi.
T.Röziyev,
A.Mamadaminov (surat),
ÖzA