Mamlakat kubogi uçun kuraş davom etmoqda
Poytaxtimizdagi «Olimpiya şaharçasi»da erkaklar va ayollar jamoalari örtasida çim ustidagi xokkey böyiça Özbekiston kubogi musobaqasi bölib ötmoqda.
Mamlakat kubogi uçun keçayotgan bahslarda jami 12 ta jamoa, jumladan, erkaklar örtasida 7 ta, ayollar örtasida 5 ta jamoa ğoliblik uçun özaro bellaşmoqda.
Musobaqa iştirokçilari maydonda özlarining texnik va taktik tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi hamda mahoratini namoyiş etmoqda. Har bir uçraşuvda muhim oçkolarni qölga kiritiş va yuqori natijalarga erişiş uçun qizğin kuraş olib borilyapti.
Mazkur bellaşuvlar mamlakatimizda çim ustidagi xokkeyni yanada ommalaştiriş, sportçilarning öyin tajribasini boyitiş va jamoalar örtasidagi raqobatni kuçaytirişga xizmat qiladi.
[gallery-32652]
Musobaqaning ğolib va sovrindorlari 25-noyabr kuni aniqlanadi.
Muhammad AMIN (surat), ÖzA